Draksler: "PSJ 400 mln. evro sarfladi, ammo yana 1/8 finalda qolib ketdik"
08 mar 2018 11:17
Yangiliklar


Draksler: "PSJ 400 mln. evro sarfladi, ammo yana 1/8 finalda qolib ketdik"
PSJning nemis yarim himoyachisi Yulian Draksler jamoa CHempionlar ligasidan chiqib ketganidan so'ng, "Real"dan uchralgan mag'lubiyat adolatli ekanini aytdi.
Parijliklar 1/8 finalning ikki uchrashuvida ham mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.
"Biz keyingi bosqichga chiqishga munosib bo'lmadik. Klub yangilar uchun 400 mln. evro sarfladi va biz tez orada CHempionlar ligasida g'olib bo'lishimiz haqida hammaga bong urdik, ammo yana 1/8 finalda qolib ketyapmiz" - deydi Draksler.
Eslatib o'tamiz, javob uchrashuvida PSJ Neymarsiz o'ynadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar