Draksler MYUga qarshi bahs haqida: "Neymar, Kavani va Menening yo'qligi bizga halal bermasligi kerak"
12 fev 2019 10:45
Yangiliklar


Draksler MYUga qarshi bahs haqida: "Neymar, Kavani va Menening yo'qligi bizga halal bermasligi kerak"
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'ladigan CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"MYUda kuchli futbolchilar yig'ilgan, ammo biz haqimizda ham shunday deyish mumkin. Afsuski, bizga Neymar, Kavani va Mene yordam bera olmaydi. Ammo bu bizga o'z ishimizni bajarish uchun halaqit qilmasligi kerak.
Bu yil 1/8 final 2018 yildagidek bo'lmaydi. Biz g'alaba qozona olishimizni isbotlashimiz kerak. Bunday o'yinni hamma tomosha qiladi.
MYUning kuchini yaxshi bilamiz. Ular so'nggi bahslardagidek o'yin ko'ratishadi deb o'ylayman. Ertaga hech narsa hal bo'lmaydi. SHunchaki taktik kurash bo'ladi.
Bizga Neymar va Kavani yordam bermaydi, shu sababli Di Mariyaga ko'p narsa bog'liq bo'ladi. Ertaga u muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatadi deb umid qilaman" - deydi Draksler.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar