Dragan CHeran: "Faoliyatimni tugatishga hali erta"
25 noy 2023 12:40
Yangiliklar


Dragan CHeran: "Faoliyatimni tugatishga hali erta"
"Surxon" ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba "sherlar"ning oltin medallarga ega chiqishi uchun etarli bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng jamoa sardori Dragan CHeranning fikrlari bilan qiziqdik.
"Qiyin va uzun mavsum o'tkazdik. SHunday paytlar bo'ldiki, natijalarimiz o'xshamadi, o'yinimiz chiqmadi. Bu har bir jamoada bo'ladigan holat. Muhimi, qiyin vaziyatdan chiqib ketdik va ko'rib turganingizdek, biz chempionmiz. Ketma-ket beshinchi yil chempion bo'lish shunchaki ajoyib natija.
Albatta, "Navbahor" bilan principial o'yinlar chempionlikka tasir qildi. Bu uchrashuvlarda biz 6 ochko qo'lga kiritdik. CHempion bo'lishni istagan jamoa eng yaqin takibchilarini mag'lub etishi zarur.
Keyingi yil ham "Paxtakor" libosida to'p tepaman. Faoliyatimni tugatishga hali erta. Kuch va xohish bor ekan yana bir yil maydonda javlon urishga tayyorman", – deydi Dragan CHeran.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar