Dostonbek Tursunov Italiyada operaciya qilinadi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2021, 11:40
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Dostonbek Tursunov operaciya stoliga yotishga majbur bo'ladi.

Xabaringiz bor, Tursunov O'zbekiston terma jamoasi yig'inida oldingi jarohatini qaytalab oldi va Gruziyaga qarshi bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, himoyachi 18 noyabr kuni Italiyaga uchib ketadi va Rim shahridagi "Villa Styuart" klinikasida operaciya qilinadi.

Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida aynan shu klinikada terma jamoamizning boshqa bir vakili Farruh Ikromov ham operaciya qilingan edi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia