So’nggi yangiliklar

09:00Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 08:32Кечаги Суперкубогнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  0 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги ярим финалчи аниқланади  2 02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  27 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  3 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  4 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1

Dostonbek Hamdamov: "O'zbekistonda har bir muxlis, har bir futbolchini Jahon chempionati istagi bilan yashaydi" Yangiliklar

Dostonbek Hamdamov: "O'zbekistonda har bir muxlis, har bir futbolchini Jahon chempionati istagi bilan yashaydi"

O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi – Dostonbek Hamdamov Osiyo Futbol Konfederaciyasi yilning har choragida chop etadigan Osiyo futboli haqidagi jurnali qahramonlaridan biriga aylandi.

“Porlayotgan yulduz” sarlavhasi ostida chop etilgan maqolada “Bunyodkor” hujumchisining 2015 yilda Yangi Zelandiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida namoyish etgan yorqin o'yinlari, futbolchining klubdagi faoliyati hamda Osiyo chempionlar ligasi o'yinlarida orttirayotgan tajribasi haqida so'z boradi.

2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deya etirof etilgan Hamdamov OFK rasmiy jurnaliga bergan intervyusida yoshlar o'rtasidagi mundial haqida to'xtalib, shunday deydi:

“20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionati biz uchun katta tajriba bo'ldi. Biz mundialda o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish etib, O'zbekiston futboli saviyasini namoyish etishga intildik. Maqsadimiz ushbu yirik musobaqaning yarim finaliga qadar etib borish edi. Afsuski, jamoa Senegalga mag'lub bo'ldi. Men diskvalifikaciya sabab o'sha o'yinda ishtirok eta olmagandim. Men uchun bu juda og'ir palla bo'lgandi.

Biroq, men o'sha chempionatdagi ikki voqeani boshqalardan ko'ra yaxshiroq yodda saqlab qolganman. Birinchisi, nimchorak finalda Avstriyaga urgan ikki golim. O'sha gollar jamoani chorak finalga yo'l olishida muhim o'rin tutgandi. Ikkinchisi esa, Germaniyaga qarshi guruh bosqichidagi o'yinimiz. Bu o'yinda mag'lub bo'lganimizga qaramay, biz uchun katta dars vazifasini o'tab bergandi”.

Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida etirof etilgani borasida to'xtalar ekan, Doston quyidagi fikrlarni bildiradi:

“Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida etirof etilishim men uchun katta sharaf. Buni kutmagandim. Barcha nomzodlar “Bunyodkor” va O'zbekiston U20 jamoasi azolari bo'ldi. SHunday ekan, bu yutuq faqatgina meniki emas, men bilan shu yo'llarni birga bosib o'tgan jamoadoshlarimniki hamdir, deb hisoblayman”.

Suhbat davomida futbolga kirib kelishi, 2012 yilda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida Osiyo chempionligini qo'lga kiritishi, “Bunyodkor” asosiy tarkibidagi debyuti hamda Osiyo chempionlar ligasi haqida ham so'z yuritiladi. Xususan OCHL ucharshuvlarida “Bunyodkor” safida o'tkazgan o'yinlari haqida so'zlar ekan, shunday deydi:

“Osiyo chempionlar ligasi menga juda katta tajriba maktabini o'tab beryapti. Bu esa menga faoliyatim davomida juda asqotadi. OCHLda har bir o'yin juda kuchli jamoalarga qarshi kechadi. Men qitaning eng nufuzli musobaqasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'layotganimdan baxtiyorman va o'zimni omadli inson deb bilaman”.

O'zining ayni vaqtdagi orzusi haqida so'ralganida Dostonbek Hamdamov quyidagicha javob beradi:

“O'tgan yil men uchun omadli va yaxshi voqealarga boy bo'ldi. Ayni vaqtdagi maqsadim esa milliy terma jamoa safida 2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga borishdan iborat. O'zbekistonda har bir muxlis, har bir futbolchini mana shu istak bilan yashaydi. Umid qilamanki, milliy terma jamoa tarkibiga kira olaman va jamoaning Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqishida hissamni qo'shaman”.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика