Dostonbek Hamdamov: “Faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz”
30 apr 2019 20:55
Yangiliklar
Dostonbek Hamdamov: “Faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz”
"Paxtakor" yarim himoyachisi "Metallurg" bilan uchrashuv arafasida o'yin haqida fikrlarini bildirdi.
- Biz o'yindan-o'yinga yaxshiroq holatga kirib bormoqdamiz. Mashg'ulotlarda jiddiy mehnat qilib, uchrashuvlarga yuz foiz tayyor bo'lishga intilyapmiz. Jamoa yaxshiroq harakat qilishga urinmoqda. Bizdan chiroyli futbol kutishadi va bunga munosib javob qaytarishga intilib ko'ramiz. Har 4-5 kunda maydonga tushmoqdamiz, shunga qaramay jismonan juda yaxshi holatdamiz.
Raqib haqida gapiradigan bo'lsam, ular istalgan raqibga munosib qarshilik ko'rsatib kelishmoqda. Bir necha o'yinlarda buni kuzatdik. Turnir jadvalida "Metallurg" egallagan o'rin ham buni isbotlaydi.
Bellashuv biz uchun oson kechmasligi tabiiy. Bo'lajak uchrashuv biz uchun juda muhim. Unda bizni faqat g'alaba qoniqtiradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar