

"Iroq bilan o'yin yaxshi o'tdi. To'g'ri bizga biroz qiyin bo'lganini tan olaman. Lekin o'z muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonishimiz shart edi.
Bu jamoa yangi tuzildi, lekin aslida deyarli barcha futbolchilar turli terma jamoalarda o'ynashgan. Shu bois ular bilan til topishishda muammo bo'lgani yo'q. Nasib qilsa bu jamoa rasmiy musobaqalarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qiladi", - deydi Doston Tursunov.




