Doston Tursunov: "Navbahor"ga qarshi o'yinda ikki ochko yo'qotdik"
05 iyu 2022 22:42
Yangiliklar


Doston Tursunov: "Navbahor"ga qarshi o'yinda ikki ochko yo'qotdik"
Coca Cola Superliga 10-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Navbahor" qoldirilgan bellashuvi (1:1) bo'lib o'tdi.
O'yindan so'ng, "Olimpik" futbolchisi Doston Tursunov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin haqidagi fikringiz?
- Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. "Navbahor" birinchi o'rinda ketmoqda. Birinchi goldan keyin o'zimizni yo'qotib qo'yganimiz yo'q.
- Natijadan qoniqdingizmi?
- Yo'q. Ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Bugun g'alaba qozonmoqchi edik.
- Endigi rejalar qanday?
- Ertaga o'rinbosarlar o'rtasidagi o'yin bor. Keyin bir hafta dam. Undan so'ng esa yana yig'inlar boshlanadi.
- Davron Hoshimovga qarshi o'ynadingiz. Bu qiyin bo'lmadimi?
- Bu unchalik qiyin bo'lmadi. Men uchun bu yaxshi tajriba bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar