So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  0 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Doston Tursunov: “Albaniya yaxshi taassurot qoldirdi” Yangiliklar

Doston Tursunov: “Albaniya yaxshi taassurot qoldirdi”

U-19 yoshlar terma jamoamiz ayni damda Turkiyaning Istanbul shahrida navbatdagi xorij yig'inini o'tkazmoqda.
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi yoshlar terma jamoamiz kuni kecha Albaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Unda vakillarimiz 3:1 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Doston Tursunov boshchiligidagi himoya chizig'i vakillari shu kuni bexato o'yin ko'rsatdi. O'yindan so'ng “Neftchi” himoyachisi Tursunov bilan suhbatlashdik.

- Doston, U-19 yoshlar terma jamoamizning Turkiyada tashkil etgan yig'ini qanday o'tmoqda?

- Xudoga shukur, hammas yaxshi. Yig'in murabbiylarning rejasi bo'yicha o'tmoqda deyish mumkin. Mashg'ulotlarda barcha futbolchilar to'liq kuch bilan astoydil ter to'kmoqda.

- Albaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan nazorat bahsi xususida nima deysiz?
- O'yin yaxshi bo'ldi. SHu kuni raqibdan kuchliroq o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Buning natijasida g'alabaga erishdik. O'zim uchrashuvda 70-daqiqa harakat qildim. Murabbiylar barcha futbolchilarga imkoniyat berdi.



- Albaniyaning kuchli tomonlari nima bo'ldi?
- Albaniya o'z nomi bilan Evropa vakilidir. Uchrashuv davomida bu narsa bilinib turdi. SHaxsan menda Albaniya yaxshi taassurot qoldirdi. Bu raqibga qarshi ertaga yana ikkinchi sinov-nazorat bahsini o'tkazamiz.  

- Uchrashuvdan so'ng murabbiylar nima dedi?
- Odatdagidek yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aytib, ularni bartaraf etishimiz uchun ko'rsatmalar berdi. Lekin jiddiy etirozlar bo'lmadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика