So’nggi yangiliklar

18:12Расман: "Арсенал" Артета билан шартнома узайтирилганини эълон қилди  0 17:34"Sky Sports" трансляцияси туфайли АПЛ учрашуви вақти ўзгартирилди  2 17:05ПРО-Лига. "Бухоро" - "Машъал" 0:1  0 16:32Ла Лигада ирқчилик туфайли ўйинлар қолдирилиши мумкин. Ҳакам 3 бор огоҳлантиради ва кейин ўйинни буткул тўхтатади  2 16:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати ўйинларига чипта олмоқчи бўлганлар диққатига!  3 15:29"Барселона" ва "Бавария" юлдузларини алишиши мумкин  9 15:01Мавсум охирида шартномаси якунланадиган Артета "Арсенал" билан келишиб олди  1 14:27Нидерландия футзал терма жамоаси устози: "Ўзбекистоннинг мундиалгача бўлган барча тайёргарлик жараёнларини ўргандик"  1 13:57ПСЖ Мбаппега "Реал"дан ўринбосар топди  2 13:35Нидерландия терма жамоаси футзалчиси: "Ўзбекистон ва Нидерландиянинг даражаси деярли тенг"  0 13:05"Ал Ҳилол" "Барселона" вингери учун 100 млн евро таклиф қилган  4 12:45"Милан" ярим ҳимоячиси камида уч ойга сафдан чиқди  0 12:18Саудия Арабистонига бормаган Серхио Рамос фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин  1 12:00Ўзбекистон футзал терма жамоаси испаниялик мураббий қўл остида жаҳон чемпионатига қандай тайёргарлик кўрди?  1 11:15"Реал" сотилган абонементлар бўйича етакчи, "Барселона" эса...  3

Doston Meliqo'ziev: “Orzum - yaxshi odam bo'lish” Yangiliklar

Doston Meliqo'ziev: “Orzum - yaxshi odam bo'lish”

Farg'onaning “Turon” jamoasida har bir uchrashuvda bor kuchini sarflab o'ynaydigan ,kuchli rakobatga qaramay asosiy tarkibdagi o'rniga ega bo'lgan yarim himoyachi Doston Meliko'ziev bilan katta futbolga kirib kelishi,ustozlari, orzu niyatlari va boshqa mavzularda suhbatlashdik.

-Doston, suhbatimiz avvalida o'zingiz va oilangiz haqida malumot bersangiz?
-Uchko'prik tumanidagi Poloxon qishlog'ida tug'ilganman. Qishlog'imizdagi 11-maktabda o'qiganman. Sportga qiziqqanim bois, Qo'qondagi pedagogika kollejida tahsil olganman. Hozir Qo'qon Davlat pedagogika oliygohining talabasiman.Otam Po'latjon Nematov payvandchi kasbini puxta egallagan.Onam Malohotxon Nematova uy bekasi.Ikkita opam bor.

-Bolalikda hamma ko'cha changitib futbol o'ynaydi. Ular orasida mashhur futbolchi bo'lishni orzu qilmaganlari deyarli bo'lmaydi. Afsuski, bolalikdagi bu beg'ubor orzulari ushlangan, siz kabi professional futbolchi bo'lganlar juda kamchilikni tashkil qiladi.Sizni futbolchi bo'lib shakllanishingiz qanday ro'y bergan?
-Qishlog'imiz aholisi Rustamjon tog'ani futbol fidoyisi sifatida yaxshi bilishadi va xurmat qilishadi. Aynan o'sha inson o'z xohishi bilan biz bolalarni shug'ullantirardi. Mahallama-mahalla, ko'chama-ko'cha o'yinlar tashkil qilardi. Aytishim mumkinki, futbolchilik faoliyatimning tamal toshi ko'cha futbolida qo'yilgan. Futbolga qiziqishimni payqagan dadam meni Uchko'prik tumani markazidagi BO'SMga olib borganlar.Ushbu iqtidorlar maskanida Olimjon Yo'ldoshev qo'l ostida uch yil shug'illandim.SHu o'rinda Olimjon ustozning ajoyib xislati haqida takidlab o'tsam. U kishi yosh futbolchilarni har qanday musobaqaga erinmay olib borardilar. Ana shunday musobaqalarda mahoratim oshib bordi. Viloyat yoshlar terma jamoasi murabbiylari etiboriga tushdim. Andijonda bo'lib o'tgan “Umid nihollari” musobaqasida viloyatimiz terma jamoasi tarkibida qatnashdim. Meksikada o'tgan yoshlar o'rtasidagi JCHning qahramonlaridan biri Ravshan Haydarov, ayni damda “Qo'qon-1912” jamoasida to'p surayotgan Avazbek Mamatxo'jaev, Oybek Rustamov, Ikboljon Malikjonov kabi futbolchilarga o'ziga xos zinapoya rolini o'tagan Uchko'prik tumanining “Zafar” jamoasidagi faoliyatim professional futbolchi bo'lishimda katta ahamiyat kasb etdi. Buning uchun Uchko'prik futbolining fidoyisi Olimjon ustoz Yo'ldoshevdan bir umr minnatdorman.



-Malumki, katta jamoalar tarkibiga kirish jarayoni cho'zilib ketganda ancha istedodlar boshqa kasblarning etagini tutib ketishadi. Sizda ushbu jarayon qanday o'tgan?
-Garchi yosh bo'lsamda “Zafar”ning asosiy tarkibi o'yinchisi edim. Lekin bu holat meni professional futbolchi bo'lganimni anglatmasdi. SHu bois Sergey Kovshov murabbiylik qilayotgan “Neftchi”ning o'rinbosarlar jamoasiga ko'rikka borganman. Meni jamoaga olishmagach, futbolchi bo'laolmayman, degan fikrga kelganman.Nima ish qilsam ekan, deb o'ylanib yurganimda “Qo'qon-1912” klubining sport direktori SHuhratjon aka Mo'minov jonimga aro kirgan. U kishi meni “Qo'qon-1912” jamoasining o'rinbosarlari tarkibiga taklif qilgan. O'shanda oliy ligaga qaytgan jamoada Muhsinjon Nizomiddinov o'rinbosarlar jamoasini shakllantirgandi. O'rinbosarlar jamoasida bir yil shug'illanganimdan so'ng No'mon aka Hasanov meni asosiy jamoa tarkibida maydonga tushira boshlagan.Tajribali jamoadoshlarim Nosir Otaqo'ziev, Murod Holmuxamedov, Suhrob Berdiev, Aziz To'xtaboev, Quvondiq Ro'zievlarning maydondagi harakatlaridan ko'p ibrat olganman.

-“Turon”ga kim taklif qilgan?
-2019 yil Bahrom aka Hakimovning taklifi bilan Yaypan jamoasiga o'tganman.

-Har bir o'yinda bor kuchingiz bilan harakat qilishingizga sabab nima?
-Futbol o'ynash bizning ishimiz. Har qanday ish chin dildan bajarilsa natija yaxshi bo'ladi. Men ham o'z ishimni mahoratim, kuchim etgunicha bajarishga odatlanganman. SHu bilan birga “Turon” futbol klubini tashkil qilgan ajoyib insonlar bor. Ularni va jamoamiz muxlislarining ishonchini qozonishning bitta yo'li bor-maydonda bor kuchingizni tashlash.

-Mamlakatimizdagi qaysi futbolchilarga havas qilasiz?
-Odil Ahmedov,Quvondiq Ro'ziev,Sardor Mirzaevlarning nafaqat maydondagi harakatlariga , balki, ulardagi insoniy xislatlariga ham havas qilaman.

-Futbol maydonlarida qaysi jamoadoshlaringiz bilan oson” til” topasizlar?
-Javohir Sohibov,Akmal Xolmurodov, Bahodir Akromovlar bilan maydonda bir-birimizni yaxshi tushunamiz.

-Kelajakdagi rejalaringiz,niyatlaringiz,orzularingiz haqida nima deya olasiz?
-“Turon” bilan superligaga chiqishni, futbol muxlislarini chiroyli o'yinlarimiz bilan xursand qilish niyatidamiz. Eng katta orzuim-yaxshi odam bo'lish.


Mo'ydinjon SOBITOV suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика