So’nggi yangiliklar

15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  4 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  10 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  6 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  8 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  26 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  1 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  34

“Do'stlik spartakiadasi”ning mini-futbol musobaqasi yakunlandi Yangiliklar

“Do'stlik spartakiadasi”ning mini-futbol musobaqasi yakunlandi

“Do'stlik spartakiadasi” musobaqalari o'tkazish yo'lga qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta ijobiy tashabbus ijrosi bo'yicha oliy talim muassasalari professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish choralarini kuchaytirish maqsadida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida respublikamizning barcha oliy talim muassasalari professor-o'qituvchilari o'rtasida 2019-2020 o'quv yilida sportning 5 turi - mini futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi va badminton bo'yicha “Do'stlik spartakiadasi” musobaqalari o'tkazish yo'lga qo'yildi.

Ommaviy sport va sog'lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, professor-o'qituvchilar va xodimlar salomatligini mustahkamlash hamda ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishini kundalik turmush tarziga aylantirish maqsadida uyushtirilayotgan mazkur musobaqaning mini futbol bo'yicha respublika final bosqichi Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport bazasida bo'lib o'tdi.

Unda Qoraqalpog'iston respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 14 ta jamoa mini futbolchilari o'z mahoratlarini namoyish etishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, Toshkent shahrining professor-o'qituvchilaridan iborat jamoa g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rindan Toshkent viloyati vakillari joy olishdi. Faxrli uchinchi o'rin Xorazm viloyati pedagoglar jamoasiga nasib etdi.

G'olib va sovrindor jamoalarga O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligining diplomlari, medallar hamda qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi.


Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика