

Bunday deyishimizning boisi surxondaryolik murabbiy o'tgan yili Neftchida ishlagandi. Farg'onaliklar bilan xayrlashgach, Abdusamad Chorshanbievichga Pro-liga qatnashchisi Termizning Surxon jamoasidan taklif tushdi. Ammo bu safar ham murabbiyga u yerda uzoq vaqt ishlash nasib etmadi. Jamoaga keyinchalik Dilshod Nuraliev bosh murabbiy etib tayinlangach, Do'rmonovlarning to'ng'ichi ham u yerdan ketdi.
So'ngra ushbu mutaxassisga Farg'onaning Istiqlol jamoasidan chorlov bo'ldi va bu klubda ham ma'lum muddat ishlab yurgani haqida ma'lumotga egamiz. Ammo kecha Oltiariqning Iftixor jamoasini bosh murabbiy sifatida Andijonda o'tgan hokim kubogi finaliga olib tushdi. E'tiborlisi ushbu jamoada ish boshlaganiga ko'p vaqt bo'lmagan Abdusamad Do'rmonov hokim kubogi-2018 musobaqasining yakuniga ko'ra, Eng yaxshi murabbiy deb topildi.
Do'rmonovga yangi jamoasida uzoq vaqt samarali faoliyat yuritishini tilab qolamiz.




