Donnarumma "Yuventus"ga o'tishga tayyor
04 avg 2023 00:58
Yangiliklar
Donnarumma "Yuventus"ga o'tishga tayyor
Turinliklar 33 yoshli SHchensnidan ko'proq istiqbolga ega bo'lgan darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi. SHu sababli klub Donnarummani transfer qilishni istamoqda.
SHchesni yiliga 6,5 million evro oladi, zaxira darvozaboni Mattia Perin maoshi esa 1,5 millionni tashkil etadi. Ikkala futbolchi ham Turinda qolishni istardi, ammo "Yuventus" ular bilan xayrlashishga tayyor.
Donnarumma yozda PSJni tark etishga tayyor, hatto ijaraga yo'l olishga ham rozi. Jiji A Seriyaga qaytmoqchi. U "Yuventus"ga o'tishga rozi.
Qayd etilishicha, "Yuve" Italiya terma jamoasining asosiy posboniga darvozabon poziciyasini topshirib, eski ananaga qaytmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Donnarumma 2015 yildan 2021 yilgacha "Milan"da o'ynagan, keyin esa erkin agent sifatida PSJga o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar