Donnarumma "Yuventus"ga o'tadimi?
26 noy 2019 16:42
Yangiliklar
Donnarumma "Yuventus"ga o'tadimi?
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarummaning agenti Mino Rayola o'z mijozini 2020 yilda "Yuventus"ga o'tishini kutmoqda.
Avvalroq Turin klubi rahbariyati 20 yoshli darvozabonga qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi. SHuningdek, Calciomercato xabariga ko'ra, "Milan" rekord darajadagi mablag' yo'qotishlari tufayli qishda o'z futbolchilarini sotishni rejalashtirmoqda.
"Milan" va Donnarumma o'rtasidagi shartnoma 2021 yil iyun oyida tugaydi. Avvalroq, italiyalik futbolchi klubning oylik maoshini oshirish taklifiga qaramasdan shartnomani uzaytirmoqchi emasligini malum qilgandi. 2019 yilning yozida u PSJ ga o'tishga yaqin edi, ammo milanliklar futbolchini qo'yib yuborishmagan.
A Seriyaning joriy mavsumida Donnarumma 12ta uchrashuvdan 3tasini "quruq" o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar