Donnarumma PSJdan ketmoqchi emas

Alisher
28 sen 2021, 09:01
Janluiji Donnarumma qishki transfer oynasida PSJdan ketishni rejalashtirmayapti.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, italiyalik jamoada baxtli va Keylor Navas bilan raqobat qilishga tayyor.

Oldinroq tarqalgan mish-mishlarga ko'ra, futbolchining qishda jamoasining o'zgartirishi mumkinligi aytilgan edi. Darvozabonga "Man Siti" va "Real" qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Donnarumma PSJga yozgi transfer oynasida erkin agent maqomida o'tgandi. Italiyalik joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 1ta to'p olib chiqqan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano