Donnarumma PSJ bilan shartnoma imzoladi
14 iyu 2021 21:12
Yangiliklar
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma PSJ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Jurnalist Fabricio Romanoning aytishicha, Jiji Parij klubi qarorgohiga etib kelgan va yaqin orada ushbu transfer rasman elon qilinadi.
Biroq 22 yoshli posbon allaqachon klub bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolab bo'lgan.
Donnarumma o'tgan mavsum "Milan" safida 48 uchrashuv o'tkazib, o'z darvozasidan 54 ta to'p o'tkazib yuborgan.
U terma jamoasi bilan birgalikda Evropa chempioni bo'ldi hamda musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar