Donnarumma: Muammo yo'q, "Milan"da qolmoqchiman
30 noy 2020 01:09
Yangiliklar
Donnarumma: Muammo yo'q, "Milan"da qolmoqchiman
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma yangi shartnoma haqida gapirdi.
"Muammo yo'q, agentim (Mino Rayola) klub rahbariyati bilan suhbatlashadi. Men uzoq muddat "Milan" sharafini himoya qilmoqchiman. Klub qaror qabul qilishini kutamiz.
Men bu lahzalardan imkon qadar ko'proq zavq olishni istayman", – Janluijining so'zlarini keltiradi DAZN.

Avvalroq "Milan" 21 yoshli posbonga yillik 6,5 mln evro maosh taklif qilayotgani, Rayola esa 7,5 mln so'rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, Donnarummaning hozirgi ish haqqi 6 mln evroga teng.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar