Donnarumma: "Keylor - ajoyib darvozabon, ammo men PSJga o'ynash uchun o'tdim"
23 avg 2021 18:24
Yangiliklar
Donnarumma: "Keylor - ajoyib darvozabon, ammo men PSJga o'ynash uchun o'tdim"
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma Parij klubiga o'tgani haqida gapirdi.
"PSJ men bilan bog'landi va shartnoma imzolashni xohladi, men esa PSJga o'tishni istadim. Raqobat meni qo'rqitmaydi. Keylor Navas - ajoyib darvozabon, ammo men o'ynash uchun bu erdaman.
Raqobat - bu ikkimiz uchun ham foydali, bu mening o'sishimga yordam beradi. Top-jamoalarda u doim bo'lgan, shunday ekan bu muammo bo'lmaydi. U ajoyib shaxs, biz do'stmiz.
Men dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri bo'lishni xohlayman. Buning uchun nimanidir qurbon qilish, mehnat qilish va eng asosiysi kamtar bo'lib qolish kerak", - deydi Donnarumma.
Fikrlar