Donnarumma: "Katta klubning bir qismiga aylanganimdan xursandman"
15 iyu 2021 19:56
Yangiliklar
Donnarumma: "Katta klubning bir qismiga aylanganimdan xursandman"
Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma PSJga transferi haqida gapirdi.
"Ushbu katta klubning bir qismiga aylanganimdan xursandman. Yangi chaqiruvni qabul qilishga va o'sishda davom etishga tayyorman. PSJ bilan imkon qadar ko'proq sovrin yutmoqchiman va muxlislarni shod etmoqchiman", – dedi parijliklarning 22 yoshli yangi azosi.
Posbon "Milan"dan ketib, erkin agent sifatida PSJga o'tdi. Uning yangi klub bilan shartnomasi besh mavsumga mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Donnarumma Evropa chempioni bo'ldi va Evro-2020'ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar