So’nggi yangiliklar

13:33Рафинья — 2024 йил бошидан буён ЕЧЛнинг энг самарали ўйинчиси  0 13:10Қизиқ факт. "Пахтакор" 18 йилдан буён ўз майдонида "Ал Ҳилол"га ютқазмаяпти  1 12:476 та жамоа иштирок этадиган ПРО Лига қуръаси қачон бўлиши маълум  2 12:23Нойер "Байер"га қарши баҳсда жароҳат олди  0 12:04"Ньюкасл" футболчиси мавсум охиригача сафдан чиқди  0 11:41"Фенербахче" Моуриньо билан шартномани узайтирмоқчи  2 10:55ПСЖ мураббийи: «Футболдаги натижалар баъзида адолатсиз бўлади»  12 10:27Пау Кубарси ХХI асрда ушбу натижага эришган энг ёш футболчи бўлди  3 09:51«Манчестер Юнайтед»нинг яна икки нафар футболчиси жароҳат олди  5 09:24ЦСКА бош мураббийи Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  4 08:55Суперлига жамоалари қайси бренддаги либослардан фойдаланади?  1 08:32ОКМК футбол клуби янги футболчиларни таништирди  1 08:03U-18 терма жамоамиз навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  2 07:35EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  15 03:00ЕЧЛ. "Бавария" ўз уйида "Байер"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Барселона" эса ўн киши бўлиб меҳмонда "Бенфика"дан устун келди  58

Doniyor Nortojiev: “Dadam vadasida turadigan inson edi” Yangiliklar

Doniyor Nortojiev: “Dadam vadasida turadigan inson edi”

Nizom Nortojievni esga olar ekanmiz, u haqida uning yaqinlarini fikrlari bilan qiziqdik. Jumladan, farzandi Doniyor Nortojiev bilan suhbatlashdik.

- Dadam nafaqat oilada, balki ko'chada ham qo'li ochiq inson edilar. Hammaga qo'lidan kelgancha faqat yaxshilik qilardi. Janozada ishtirok etgan insonlar ham dadam haqida faqat iliq fikrlari aytishdi. Ular dadam to'g'risida “faqat yaxshilik qilardi”, deyishdi. Yaxshilik qilgan insonlarining ishi rivojlanib ketsa, yanada xursand bo'lib ketardi. 

Oilada bir qiz, ikki o'g'ilmiz. Onam bilan bitta maktabda tahsil olishgan. Dadamni aytmasam ham qaysi klublarda o'ynagani-yu, murabbiy bo'lib ishlaganini yaxshi bilasiz. Qo'shimcha sifatida aytishim mumkin, murabbilik qilganida qo'l ostida to'p surgan aksar o'yinchilar o'z klublari bilan chempion ham bo'lishdi. Keyinchalik hakamlikka o'tib ketgan Ravshan Ermatov ham malum muddat dadamning qo'l ostida to'p tepgan. 

Dadam har doim ishga jiddiy tarzda munosabatda bo'lgan. Ishdagi muammolarni uyga olib kelmaslikka harakat qilardi. Klubda moliyaviy muammolar bo'lsa, uni futbolchilar bilan echinish xonasining o'zidayoq gaplashib olishga harakat qilardi. Bir jamoada ishlaganida klub rahbariyati vada qilingan mukofot pulini berishni cho'zib yuborgan. Dadam uydan pul olib, shogirdlariga tarqatib chiqqan. Albatta, klub rahbariyati keyinchalik o'sha pullarni dadamga bergan, lekin vada vaqtida bajarilmagani uchun shunday yo'l tutganlar. Boisi, dadam vada qilsa, o'z vaqtida bajarardi. 

SHunday taniqli insonning farzandi bo'lganimizdan g'ururlanib yuramiz. Oddiy misol, bugun ham bir janozada ishtirok etdim. Meni tanimaganlar dadamning vafot etganini gapira turib, “Paxtakor”dagi o'yinlari yaxshi gaplar bilan yodga olishdi. Bunday maqtovlarni juda ko'p eshitganmiz. Dadam tirikligidayoq ko'chada u kishi haqida yaxshi gap eshitib, uyga kelganda o'zlariga aytsak, kamtarlik qilardilar. Nizom Nortojievning farzandi ekanligimizdan g'ururlanganmiz, lekin maqtanmaganmiz.

Biz farzandlar professional tarzda futbol o'ynamaganmiz. Albatta, dadam bizni futbolchi bo'lishimizni rosa xohlagan, lekin nimagadir erishadigan bo'lsak, faqat o'z kuchimiz bilan erishishimizni istagan. Futbolga qiziqishim borligini bilganlaridayoq shu mazmundagi gapni aytganlar: “O'g'lim, to'p tepishni istasang, o'z kuching bilan harakat qil. Oldimga “dada” deb, kelib o'tirma. Men bunaqa futbolchi bo'lishingni istamayman. Tanish-bilishlar orqali futbolchi bo'lishing kerak emas. Meni dadam temiryo'lda ishlagan, futbolda nimaga erishgan bo'lsak, bunga o'z kuchim bilan erishganman”, - deganlar. To'g'ri, ikki aka-ukani “Paxtakor” futbol maktabiga etaklab olib borganlar. Ammo qolganini o'z ixtiyorimizga topshirganlar. Hali sizdan ham kuchliroq futbolchi bo'lib etishamiz, - deya hazillashardik. Taqdir ekan, men 21 yoshimda murabbiylikni boshladim. Ukam tadbirkorlik bilan shug'ullanadi. 

Furqatbek NISHONOV yozib oldi. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика