Doniyor Ismoilov, Mo'ydin Mamazulumov va Ibrohim G'anixonov "Turon"da
15 iyu 2021 10:18
Yangiliklar
Doniyor Ismoilov, Mo'ydin Mamazulumov va Ibrohim G'anixonov "Turon"da
Kecha Yaypanning "Turon" klubi Toshkentda "Navbahor" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Kechagi bahsda "Turon" safida bir qator yangi futbolchilar maydonga tushishdi. Huquqiy jihatdan "Turon"ga tegishli bo'lgan va birinchi davrani "Andijon"da ijarada o'tkazgan Doniyor Ismoilov o'z jamoasiga qaytdi.
Bundan tashqari tajribali hujumchi Mo'ydin Mamazulumov ham Igor SHkvirin jamoasida ko'rikdan o'tmoqda. "Lokomotiv"ga tegishli yosh hujumchi Ibrohim G'anixonov kecha "Turon" safida maydonga tushib "Navbahor"ga gol urdi. U katta ehtimol bilan ijara asosida Yaypan klubiga o'tadi.
Fikrlar