So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  0 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  6 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

Dod-voy chempionat Yangiliklar

Dod-voy chempionat

Men Qosimov, Irismetov, SHackixlarning o'yinini ko'rib katta bo'lganman.

O'zbek futboliga qiziqishimga sababchi bo'lgan futbolchilardan biri Jafar Irismetov edi. JCH-2002 saralash bosqichida Irismetov terma jamoamizda o'ynab, bir nechta gollar urgandi. O'sha mahallar stadionga borganda o'yinchilarni muhokama qilardik. Ularning harakati va gollarini zavqlanib gapirib yurardik. 

Hozir esa zamon o'zgardi. Endi birinchi planga hakamlar chiqdi. Yaxshi boshqarayotgani uchun emas, aksincha ko'p o'yinlarda qovun tushirib hakamlikni eplay olishmayotgani uchun. Bu esa juda va juda achinarli. Modomiki biz futbolchilar va murabbiylar qolib, hakamlik mavzusida haqida tinmay gapirar ekanmiz, bu ertami-kechmi o'zbek futbolini jarlikka boshlaydi. 


Hakamlik asosiy mavzu bo'lmasligi kerak!

Ha, shunday. Bundan uch-to'rt yil muqaddam "Odil Junior" futbol akademiyasiga italiyalik ikki yosh murabbiy keldi. Ular bilan ikki hafta birga yurdim. Futbol haqida turli mavzularda suhbatlashdik. Kunlarning birida ulardan so'radim: "Ravshan Ermatovni bilasizlarmi?" "Yo'q" deb javob berishdi.

Men hayron qoldim: nega endi jahon chempionatida shuncha o'yinni boshqarib, tillarda doston bo'lgan Ermatov haqida eshitmagan bo'lishsa? "Axir ko'p o'yinlarni boshqargan-ku" desam, ular "Biz futbolni boshqacha ko'ramiz, biz ko'proq taktika va futbolchilarning xatti-harakatiga etibor beramiz" deyishdi. 

Ishonasizmi, ular hatto italiyalik mashhur referilarni ham tanimas ekan. Bizda esa vaziyat boshqa. Bizdagi hakamlar otning qashqasidek barchaga malum. Va eng yomoni, ular o'yinni yuqori saviyada boshqara olmasdan yomonotliq bo'lib xalqqa tanilyapti. Muxlislar ulardan nafratlanyapti. 


Abdurashidga nima bo'ldi? 

Kecha bo'lib o'tgan "Navbahor" - "Qizilqum" bahsini Abdurashid Xudoyberganov boshqarib bordi. Men uni yoshligidan bilaman. Juda yaxshi, iymonli, insofli va diyonatli yigit. Jamoalarni "chopmaydigan" kam sonli hakamlardan biri.

Lekin kecha Abdurashid o'ziga o'xshamadi, qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Toza penaltini bermadi. Balki boshqa hakam bo'lganida bunga ko'z yumardim. Lekin Abdurashid qanaqasiga bunday xatoga yo'l qo'yishi mumkin? Axir u Superligada hakamlik qilishni yillab kutdi.

O'zaro suhbatlarda menga ham imkoniyat berishsa bo'lardi derdi. Kecha imkoniyat berilmadimi? O'yinni chiroyli yakunlab qo'yishi mumkin edi. Biz hozir raqib futbolchi ustiga chiqib oldi, beli orqaga bukilib ketdi deb istagancha gapirishimiz mumkin. Lekin baribir bu - penalti! Agar siz hurmatga loyiq chempionatlarni kuzatsangiz, bunday vaziyatda 99 foiz hakam penalti qo'yishini ko'rasiz. 

Kechagi o'yinda Abdurashid Xudoyberganov hakamlik qilganini o'sha bahsli vaziyat videosi internetda tarqalganidan so'ng bildim. Ochig'i, men tur hakamlari elon qilinsa, kim qaysi o'yinni boshqararkin deb ochib qaramayman. CHunki buning umuman qizig'i yo'q. Men uchun maydonda futbolchilarning o'yini-yu, maydon chetidagi murabbiylarning ko'rsatmasi qiziq. Men futbol ko'rganda futboldan boshqa narsa qidiraman. 


Ikkinchi raqib

Maydonda bir jamoa ikkinchisiga qarshi bahs olib boradi. SHunda bir jamoa ikkinchisiga nisbatan raqib bo'ladi. Lekin hozir futbolimizda ikkinchi raqib paydo bo'ldi. Bu - hakamlar. Endilikda siz nafaqat qarshingizdagi birlamchi raqib, balki qo'liga hushtak olgan, bayroqcha ko'targan hamda VAR monitori qarshisida o'tirganlar bilan ham kurashishga majbursiz. Endilikda g'alaba qozonish uchun hakamlarga qarshi kurash olib borishga ham to'g'ri kelyapti. Bu yuqoridan berilgan buyruqmi yoki hakamlarimiz saviyasi shu qadar pasayib ketdimi, bilmayman.

Deyarli har turda albatta, hakamlik bilan bog'liq bahsli va XATOga liq to'la holatlar guvohi bo'lyapmiz. Bunday hakamlikdan jabr chekkanlarning ko'pi jim yurib oxiri yorildi: Kanchelskiy, Sekeyra, SHackix va boshqalar. Kecha "Qizilqum" ustozi ham dardini to'kib sochdi.

Ularning gapida jon bor. CHunki biz maydonda bo'lmag'ur hakamlikdan boshqa narsa ko'rmayapmiz. Bazilar VAR bilan qanday ishlashni bilmayapti. O'FA yuborsin shunaqalarni chetga malaka oshirishga. Borib Angliyada, Italiyada o'rganib qaytsin.

Nima uchun biz o'yin qolib hakamlik haqida gapirishimiz kerak? Bunga qachondir chek qo'yiladimi? Superliga faqat qog'ozda qiziq bo'lib qoldi. Jadvalga qarasangiz, hammasi ajoyib, chempionlik uchun zo'r kurash ketyapti. Jamoalar bir ochkolik farq bilan kim o'zarga poyga o'ynayapti. Lekin futbol ko'ray desangiz, olatasirdan boshqasini ko'rmaysiz. Bu futbol emas! Bu g'irt maynavozchilik. SHuning uchun ham o'yinlarga borgim kelmaydi.

Stadionga borib yangi Qosimov, yangi Irismetov, yangi Davletov, yangi SHackixlarni ko'rgim keladi, lekin ularni maydondan qidirib topa olmayman. Ko'z oldimda faqat g'alati qarorlar qabul qilayotgan hushtakli odam, bayroqchasini ko'tarib u yoqdan buyoqqa lo'killab yurgan baqaloq qora kiyim va qo'qqayib turgan monitor paydo bo'ladi. Axir biz ham bunday maza qilib futbol ko'raylik. 


Katanecning boshi qotgan

Hozir hammadan ham terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanecga qiyin. CHunki u "katastrofa" chempionatdan terma jamoaga loyiq futbolchilarni ajratib ololmayapti. Hamma "zombi"ga o'xshab qolgan.

Katanec ham o'yin ko'ray, futbolchilarni kuzatay deb stadionga kelsa kerak. Lekin kelib boshidan oxirigacha cirk tomosha qiladi. Faqat qorni semiz, burni qizil bitta masxaraboz etishmayapti, xolos. Agar masxaraboz ham topilsa bormi, Monte Karlo cirki bizning futbol oldida "kuxnya" bo'lib qoladi.

 Erta-indin milliy jamoa yig'in boshlaydi. SHu oyda Kamerun va Kosta-Rikaga qarshi o'rtoqlik o'yinimiz bor. Mana shu ikki raqibga qarshi jonini jabborga berib o'ynay oladigan, O'zbekiston yuzini erga qaratmaydigan mard o'g'lonlar bormi? Superligada kimlarni terma jamoaga loyiq, ular bilan biz hech kimdan qo'rqmaymiz deb ko'rsata olasiz? Toki shu savollarga javob topilmas ekan, Superliga kuchayyapti deb ayyuhannos solgan bilan hech narsa o'zgarmaydi. 

X.Xoliqov.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика