So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

Dod degandan foyda yo'q Yangiliklar

Dod degandan foyda yo'q

O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogiga boradigan yakuniy ro'yxati malum bo'ldi.

Musobaqa boshlanishiga sanoqli kunlar qolayotgan bir paytda barcha jamoalar birin-ketin yakuniy ro'yxatni elon qilishmoqda. Kecha Ektor Kuper ham BAAdagi musobaqaga boradigan 23talikni malum qildi.

Avvalo shuni aytish kerak, Ektor Kuper terma jamoamiz bosh murabbiyi etib tayinlanganidan beri uning qo'l ostidan o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlaridan kelib chiqib murabbiyni bir necha bor tanqid qilgan bo'lishim mumkin. Aytaylik, u xohlayotgan himoyaviy futbol bizga maqul kelmasligi, to'pni raqibga berib qo'yib ikkinchi raqam ostida o'ynashga futbolchilarimiz tayyor emasligi haqida maqolalar yozdim. 

Lekin Kuper kelganidan beri faqat bir narsaga aralashishni o'zimga umuman ep ko'rmadim. Bu - yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati. CHunki biz avvalo murabbiyning qarorini hurmat qilishimiz kerak. Har bir murabbiy o'ziga yoqqan, o'zining o'yin uslubiga mos keladigan futbolchilarni tanlaydi. Bu butun dunyoda bor narsa.

Biz yakuniy tarkibni aniqlashni Ektor Kuperning o'ziga qo'yib berdik. Hech kim uning tanloviga aralashmadi. Hech kim falonchini oling deb qo'ng'iroq ham qilmadi. Bu murabbiy qarori, biz faqat omad tilashimiz va ijobiy natija kutishimiz kerak. Endi dod degandan foyda yo'q. Falonchi qolib ketibdi, pistonchini nega oldi deyish terma jamoa zarariga ishlashi mumkin. 

Yurtimizda nechta terma jamoaga befarq bo'lmagan muxlis bo'lsa, hammaning o'z xayolida 23talik tarkibi bor. Kuper elon qilgan tarkib haqida har kim har xil gap aytyapti. Kimdir zo'r deyapti, kimdir aksincha. Ammo baribir yakuniy qarorni bosh murabbiy qabul qiladi. Argentinalik murabbiy shu o'yinchilarni Osiyo Kubogiga borishga loyiq deb bildimi, demak bu uning qarashi. 

Kuper terma jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri uchta yig'in o'tkazdi. Hozir to'rtinchisi davom etyapti. Bu orada u bir qancha futbolchilarni sinab ko'rdi. Umuman olganda murabbiyning aynan futbolchilar borasidagi tanloviga aralashmagan maqul. CHunki baribir natijaga u javob beradi.

Garchi kichik jarohat olib Toshkentda qolgan bo'lsa-da, "Paxtakor" darvozaboni Eldor Suyunovning yakuniy ro'yxatdan o'rin olishini ko'pchilik qatori men ham kutgandim. Ammo Kuper o'zi bilan Turkiyaga olib ketgan to'rtta darvozabondan uchtasini saralab oldi. U Suyunovga ehtiyoj yo'q deb o'yladi. Ha, futbol shunday beshafqat o'yin. Sen ham saytimiz, ham PFL tomonidan "Yilning eng yaxshi darvozaboni" deb topilishing mumkin (Suyunov bunga haqli), ammo jarohatni deb ro'yxatdan tushib qolishing mumkin ekan. 

Yoki Vitaliy Denisovni olaylik. U ham musobaqaga borishga loyiq futbolchilardan biri edi. Ammo Kuper Farrux Sayfievni maqul ko'rdi. Demak, murabbiy nazdida Sayfiev hozirgi kunda ko'proq foyda keltira oladi. SHu o'rinda meni yakuniy tarkibdan kimlar tushib qolganidan ko'ra, terma jamoamizning Osiyo Kubogida qanday o'yin namoyish ko'proq etishi o'ylantirmoqda.

CHunki bizning futbolchilar holatidan kelib chiqib almashtirib bo'lmas o'yinchining o'zi qolmadi. Istalgan futbolchi o'rnini boshqasi bilan yopsa bo'ladi. Faqat hamma gap qanday o'yin namoyish etishimizda. So'nggi so'z o'rnida esa bosh murabbiyning tanlovini hurmat qilgan holda terma jamoamizdan faqat ijobiy natija kutib qolamiz. O'ylaymizki, yaxshi natija ko'rsatish Kuper tanlab olgan 23 o'g'lonning qo'lidan keladi. Omad, yigitlar!

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика