So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  3 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Dmitriy Ostrovskiy: “Barchasi o'z qo'limizda, oyog'imizda va boshimizda” Yangiliklar

Dmitriy Ostrovskiy: “Barchasi o'z qo'limizda, oyog'imizda va boshimizda”

Ayni damda, Superliga turnir jadvalida bronza medallari uchun qizg'in kurash kechmoqda.

Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi 23- turdan so'ng uchinchi pog'onani band etib turgan bo'lsada, bu ularga aslo bosiqlik bermasligi aniq. Boisi, “Bunyodkor” klubi ham o'z oldiga keyingi yili osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishni maqsad qilib qo'ygan. Ammo, “qaldirg'ochlar”ning so'nggi paytlarda o'yinida pasayish yuz berayotganini, xatto oddiy ishqibozlar payqashmoqda. Biz shu masalada ikkinchi davradan toshkentliklar safini himoya qilib kelayotgan Dmitriy Ostrovskiy bilan suhbatlashdik.

- Davra boshida jamoa o'yin jihatdan va natija ko'rsatish bobida barqaror ko'rsatkich qayd etib kelayotgan edi. Biroq bari kutilmaganda orqaga keta boshladi...

- Hozir ham ikkinchi davra boshida qanday o'ynayotgan bo'lsak, shunday to'p tepyapmiz.Faqat, shunchaki ohirgi o'yinlarda omadimiz kelmayapti.

- Balki, futbolchilarda jismoniy tomonlama toliqish bo'layotgandir...

- Yo'q. Murabbiylar barchani uchrashuvlarga yaxshi tayyorlashmoqda. “Andijon”ga qarshi og'ir bahs o'tkazdik, o'z o'yinimizni namoyish qilish qiyin bo'ldi. CHunki, maydon chimining holati bunga yo'l qo'ymadi. Ikki jamoa bir hil sharoitda o'ynaganini ham unutmaslik lozim.



- Uy uchrashuvlarida ham natija ko'ngildagidek emas...

- Bo'lib turadi. Vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz. Barchasi o'z qo'limizda, boshimizda, oyog'imizda.

- Siz legionersiz. Tabiiyki mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo'lishingiz kerak. Biroq, o'zingizni potencialingizni to'liq namoyish etolmayapsiz. O'yin amaliyoti ham kam berilmoqda. Bu sizni havotirga solmayaptimi?

- Har qanday futbolchi bunday vaziyatda havotirga tushadi. Lekin, bu menga o'z ustimda ishlashga va kurashishga qo'shimcha motivaciya beradi.

- Bosh murabbiy bilan o'rtadagi aloqalaringiz qanday?

- Juda samimiy. Murabbiylar shtabi va Vadim Karlenovich bilan aloqa zo'r.SHuningdek, atrofdagi muxlislarni qo'llab quvvatlashini va ishonchini his qilyapman.



- Sizning holatingizdagi ayrim futbolchilar jamoa bilan shartnomani bekor qilishadi. Yani o'zaro kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganingiz klubdagi kelajagingizga tasir qilmaydimi?

- Albatta. Bunday vaziyat bo'ladi. Biroq, kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Barchasi, ohirgi o'yin, 30-noyabrdan so'ng hal bo'ladi. Asosiy vazifa osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma qo'lga kiritish.

Dmitriy Ostrovskiy Olegovich
Tug'ilgan sanasi
: 15.04.1998 Moskva shahri
Fuqaroligi: Rossiya
Ampulasi: hujumchi, yarim himoyachi
To'p tepgan klublari: MMFK “Master” Moskva, “Grad” Moskva, “Ararat” Erevan, “Alay” Osh


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика