So’nggi yangiliklar

21:33U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон - С.Арабистони 2:0 (МАТНЛИ ТРАНСЛЯЦИЯ)  484 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  1 20:28ЦСКА — "Крилья Советов". Файзуллаев захирада  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  135 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. Бугун "Интер", "Милан" ва "Аталанта" ўйнайди  0 20:00Бундеслига. Бугун "Байер", "Боруссия" ва "Айнтрахт" ўйнайди  0 19:58АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" ғалабага эришди, "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Вулверхэмптон"га мағлуб бўлди  17 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида камбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  17 19:16"Лестер" — "Ливерпуль". Диас, Салоҳ ва Варди асосий таркибда  2 19:11"Зира" — "Сумқайит". Абдихолиқов асосий таркибда, Жалолиддинов захирада  0 18:57ҚПЛ. Мухторовнинг 83-дақиқада урган голи "Турон"ни "Астана"га қарши ўйинда мағлубиятдан асраб қолди  0 18:22Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим этди, "темирйўлчилар"да 3 та ўйинда 3 та ғалаба  1

Diyor Turopov: “Faoliyatimda boshqa 70 metrdan gol urmasam kerak” Yangiliklar

Diyor Turopov: “Faoliyatimda boshqa 70 metrdan gol urmasam kerak”

O'tgan hafta "Olmaliq" yarim himoyachisi Diyor Turopov barchaning tiliga tushib qoldi desak yanglishmaymiz.

Sababi o'z vaqtida yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan futbolchi "Andijon" bilan o'yinda 70 metrda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biz muxlislar talabiga ko'ra Turopov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Jizzax viloyati G'allarol tumanida tug'ilganman, - deb gap boshladi Diyor Turopov. Yoshligimda barcha bolalarga o'xshab mahallada to'p tepib yurardim. Negaligini aniq bilmaymanu lekin menga faqat koptok o'ynash yoqardi, balki dadam futbolchi bo'lganligi uchundir. To'g'risi boshqa hech narsaga qiziqmaganman. Uyimning orqasida stadion bor. Stadion bilan uyimni birgina devor ajratib turardi, shu bois ko'p vaqtimni o'rtoqlarim bilan o'sha stadionda o'tkazganman.

- Qachondan futbolga qatnay boshlagansiz?
- Adashmasam 7 yoki 8 yoshimdan boshlab G'allaoroldagi bolalar futbol maktabiga qatnay boshlganman. U erdagi murabbiyim Abdug'ani aka edi. Lekin futboldagi birinchi murabbiyim deb o'z dadam, Qahramon Abdumo'minovni aytgan bo'lardim. Sababi dadam o'sha vaqtlari “G'allakor” jamoasida o'ynagan. Mashg'ulotlarga o'zi bilan meni ham birga olib ketar edi. Mashg'ulotni kuzatib o'tirar edim. Futbolchilar shug'ullanishni tugatganidan keyin dadam bilan birga to'p tepardik.

- Professional faoliyat “G'allakor” klubida boshlanganmi?

- Ha dastlab ikki yil davomida “G'allakor” klubida o'ynadim. 2012 yilda “Olmaliq” yoshlar jamosiga kelib qo'shlganman. 2013 yildan asosiy tarkibdaman.



- “Olmaliq”qa kim chaqirgan?
- 2012 yilda “Olmaliq” yoshlar jamoasi murabbiyiga dadam meni tavsiya qilganlar. Mening harakatlarim murabbiylarga yoqib qolgan shekilli jamoada olib qolishgan.

“Olmaliq” yoshlari safida bir yil o'ynadim. CHempionat tugaganidan keyin kim kerak bo'lsa keyingi yig'inda o'zimiz chaqiramiz deyishgan. Yoshlar safida 2 futbolchini asosiy tarkib yig'iniga chaqirishgan, ular orasida men ham bor edim. Asosiy tarkib yig'iniga kelganimda Igor SHkvirin o'z yoniga chaqirgandi. “Agar o'zingni kursatsang, futbol o'ynashga qo'rqmasang jamoada olib qolaman” deb aytgan.

- Igor SHkvirin qanday murabbiy?
- Igor Anatolevich yaxshi murabbiy, yosh o'yinchlarga ishonch bildirib ularni kashf qilish borasida tanilgan inson. Igor SHkvirin meni futbolchi sifatida o'sishimda juda katta xissa qo'shgan.

- “Olmaliq” jamoasi sizga nima berdi?
- “Olmaliq” yoshligimda men orzu qilgan deyarli barcha narsani berdi desam yanglishmayman. O'zbekiston yoshlar terma jamoasida o'ynadim, oliy ligada ishtirok etayapman. Bu klub menga ko'p narsa bergan.

- Diyor Turopovni qanot yarim himoyachisi sifatida bilardik. Bu yil esa SHkvirin sizdan boshqa joyda foydalanmoqda...
- Ha bu yil qanot yarim himoyasida umuman o'ynaganim yo'q. Oxirgi o'yinlarda murabbiy meni hujumchi ortida o'ynatmoqda. Boshida boshqa joyda o'zimni noqulay his qildim, ammo barcha narsaga o'rgansa bo'ladi. Bu poziciyaga ham ko'nikib qoldim.

- O'z vaqtida Moskvaning CSKA klubi yig'inida bo'lib qaytgansiz...

- Ha, CSKAga men bilan birga Sardor Sobirxo'jaev ham borgandi. Biz bir hafta davomida klub yig'inida bo'lganmiz. Menimcha murabbiylarga bizning harakatlar maqul kelgandi. Sababi ular klubda qolish uchun bizga Rossiya fuqaroligini olishimizni taklif qilishgandi. O'sha paytda biz yosh edik legioner bo'lib asosiy tarkibda o'ynashga tayyor emasdik. Moskva klubidagilar bizga yoshlar tarkibida o'ynashimizni va tajriba oshirishimizni taklif qilishdi. Biroq Rossiyada reglamentga ko'ra yoshlar jamoalarida legioner futbolchi o'ynay olmaydi. SHunday qilib ularning taklifini rad qilganmiz.



- Mana 3 yildan buyon oliy ligada o'ynayapsiz. Nima deb o'ylaysiz xorij klubiga o'tishga tayyor bo'ldizmi?
- To'g'risi o'zimga o'zim baho bera olmayman. Lekin menimcha xorijda o'ynashga hali tayyorman deya olmayman. Hali yana ko'p ishlashim kerak, to'g'risi bor etiborim “Olmaliq”dagi faoliyatimga qaratilgan. Xorij haqida o'ylab ko'rganim ham yo'q.

- Matbuot orqali shu darajaga chiqishingizda kimlarga rahmat aytmoqchisiz?
- “Olmaliq” klubidagi barcha murabbiylar shtabiga rahmat aytmoqchiman. SHu bilan birga  “Olmaliq” yoshlarida o'ynaganimda futbol sirlarini o'rgatgan barcha murabbiylarga ham rahmat aytaman. Yoshligimdagi murabbiylarga ham minnatdorchilik bildiraman.

- "Andijon"ga 70 metrlardan urgan golingiz haqida so'ramasak bo'lmaydi. VIDEO
- Golimga keladigan bo'lsak “Andijon” oxirgi daqiqalarda bor kuchini berib harakat qildi va butun jamoa bo'lib hujumga o'tdi. Burchak to'pi vaqtida ularning darvozoboni ham kelgan edi, o'sha vaziyatda to'pni sheriklarim menga oshirib yuborishdi. SHerigim Ro'zimboy Ahmedov darvoza bo'shligini aytdi, tavakkal maydon yarmiga etmay turib darvozaga zarba berdim. To'p darvozaga aniq bordi va gol bo'ldi. Bunchalik uzoq masofadan gol urish, shunchaki ajoyib. Menimcha faoliyatimda boshqa bunday gol bo'lmasa ham kerak.

- Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidan qanday tassurotlar qolgan?
- Jahon chempionatida o'ynashni har bir o'yinchi orzu qilsa kerak. 2013 yildagi mundialdan ajoyib taassurotlar qolgan. O'sha chempionat Turkiyada o'tkazilgani bizga juda ham yaxshi bo'lgan. U erda ko'plab vatandoshlarmiz bizni qo'llab quvvatlab turishgandi. Bundan tashqari O'zbekistondan ham 100ga yaqin muxlislar borishgandi. Xullas har bir o'yinda biz o'zimizni uydagidek his qilardik. Guruhdan chiqib Jahonning eng kuchli 8 jamoasi orasiga kirganimizning sabablaridan biri aynan muxlislar bo'lgan.

- Futbolni tark etishni o'ylab qolgan vaqtlaringiz ham bo'lganmi?
- Bunday vaziyat bo'lgan. Yoshligimda “Paxtakor” akademiyasida o'qib yurgan vaqtlarda meni talabga javob bermaydi deb ketkazishganida shunday fikr paydo bo'lgandi. Lekin dadam va akam tufayli futbolda qolishga ahd qilganman.

- Akangiz ham futbolchi bo'lgan...
- Ha, Bekzod Abdumo'minov o'z vaqtida futbol o'ynagan. “So'g'diyona”, “SHo'rtan”, “Qizilqum” kabi klublarda o'ynagan. Biroq og'ir jarohat tufayli futboldan ketishga majbur bo'lgan.




- Diyor Turopovning orzusi nima?
- Eng katta orzuim O'zbekiston milliy terma jamoasi safida Jahon chempionatida o'ynash.

- Yoshlikda qaysi futboliga havas qilgansiz?

- Kichkinaligimda Devid Bekxemning o'yinlarini maroq bilan kuzatardim. Uning jarima zarbalari va ajoyib to'p uzatishlariga qoyil qolardim.

- Demak “Manchester Yunayted” klubi muxlisisiz?
- Bekxem o'ynagan paytlarda bu jamoaga muxlislik qilardim. Hozirgi paytda Madridning “Real” klubi o'yinlarini kuzatib boraman.

- Franciyada o'tayotgan Evropa chempionatini kuzatayotgan bo'lsangiz kerak. Musobaqa haqida nima deya olasiz?
- To'g'risi Evropa chempionati o'yinlarini deyarli ko'rmayapman. Sababi men muxlislik qiladigan jamoa bu Gollandiya. “Lolalar yurti” jamoasi Franciyadagi chempionatga chiqa olmagan. SHu bois negadir EVRO-2016ga menda qiziqish pastroq.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика