So’nggi yangiliklar

13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  0 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  0 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  2 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  4 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8

Diyor Mirzaboev: "Kumikov ECHLda ishlagan murabbiy, unga biroz vaqt kerak xolos" Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: "Kumikov ECHLda ishlagan murabbiy, unga biroz vaqt kerak xolos"

Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Metallurg" (0:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi Diyor Mirzaboev o'z fikrlarini bildirdi.

Hozir har qanday fikrim bahonaga o'xshashi mumkin. Barcha aybni darvozabonga ag'darmagan bo'lardim, u hali yosh. Xabaringiz bor, jamoamizga yangi murabbiy kelgan. Yangi murabbay o'z falsafasini yigitlarga etkazishi uchun vaqt etmayapti. O'yindan o'yinga kuchayib borishga harakat qilamiz. G'alaba qozonishni rosa xohlagan edik.

- Jamoaning vaziyati og'irlashmoqda, bu vaziyatdan chiqib keta olasizlarmi?
- Mehnat qilib bu vaziyatdan chiqamiz. Tarkibimizdagi futbolchilarni saviyasiz demagan bo'lardim, jamoamizda oliy liga futbolchilari o'ynamoqda. Vaziyatni to'g'rilaymiz.

- Transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilar olinadimi?
- Tranfser oynasi avgust oyida ochiladi. SHartnomasi bor futbolchilarni ololmaymiz. Ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilar bor, shularni o'z safimizga qo'shib olishga harakat qilamiz. Bu transferlar ustida ishlaymiz.

- "Andijon" qachon g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz?
- Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqishni niyat qilamiz, lekin niyatning o'zi kamlik qiladi. Ishlashimiz kerak, faqat mehnat talab qilinadi. Vaqti kelib Viktor Kumikovning imzosi bilinadi. Hozir uning falsafasi ostida ishlayapmiz.

- Kumikov kelgach jamoada ijobiy o'zgarishlar bo'ldimi?
- Har qanday tizimda o'zgarish bo'lsa ijobiy jihatlar ham bo'ladi, yomoni ham. Kumikov o'z vaqtida Evropa chempionlar ligasida ishlagan, tajribali murabbiy. Futbolchilarga o'z falsafasini singdirish uchun vaqt kerak.

- Zaxiradan tushayotganlar haqida nima deya olasiz?
- Zaxiradan maydonga tushayotganlar hozircha o'yinimizni kuchaytira olishmayapti.

- Kumikov tarkibdan qoniqayaptimi?
- Qishda tayyorlagan murabbiy hozir biz bilan emas. Tarkibni aynan u shakllantirgan va tuzgan. Kumikov qo'l ostidagi futbolchilarni o'z o'yiniga tushirib olish uchun mehnat qilmoqda.

- Qanot o'yinchilari Azamat Isroilov va Farhod Mirahmatovning o'yini haqida nima deya olasiz?
- Hozir o'yin tugashi bilan bir narsa deyish qiyin. Bugun bizga o'yin videosini berishadi va biz o'yinni tahlil qilamiz. Keyin qandaydir fikr bildirishim mumkin.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика