So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  4 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  52 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Diyor Imomxo'jaevdan: Gapir, Denisov Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaevdan: Gapir, Denisov

Vitaliy Denisov kabi futbolchilar bizga kerak. Nafaqat o'yini bor futbolchi sifatida, balki o'z fikrini qo'rqmay aytishini ham hisobga olganda.

Bu faqatgina futbolni emas, jurnalistikani ham bir pog'ona yuqoriga ko'tarishi mumkin.

Vitaliyning O'zbekistonda saviyali jurnalistni uchratmagani borasidagi fikri menga tegib o'tgani yo'q, ochig'ini aytaman. U Moskvada yashaydi, bir necha yillardan buyon. U ruscha so'zlashadi va ruscha fikrlaydi. SHundan kelib chiqadigan bo'lsak, O'zbekistonda saviyali jurnalist u yoqda tursin, saviyasizlarining ham ko'pi bilan to'qnash kelmasligi oddiy holat. Tasavvur qiling, o'zbekcha maqola o'qimaydi, katta ehtimol bilan bu tilda chop etiladigan sport nashrlarini ham sanab bera olmaydi. “Sport” telekanalini umuman ko'rmaydi. Toshkentdagi kam sonli kunlarida radio emas, o'zi saralab olgan qo'shiqlarni eshitib yursa kerak. Bundan kelib chiqadiki, o'yindan keyin unga savol bergan 2-3 nafar jurnalist yigitnigina eslab qolgan. Faqatgina shularga qarab butun bir o'zbekistonlik jurnalistlar haqida fikr bildirgani aslida uning saviyasini ko'rsatib turibdi.

Denisov futbolni har qalay eplab o'ynayotgan yigitlardan biri. O'zbekistonda saviyali jurnalist yo'q, deb qatiy turib olganida ham hafa bo'lmaslikka harakat qilardim. Uning fikri men uchun ko'p narsani hal qilmaydi. Kerak bo'lsa, qo'rqmasdan fikr bildirgani uchun ham maqtab qo'yardim.

25 yildan buyon o'zbekistonlik na bir futbolchi, na bir murabbiy tayinli gapirmaydi. Ko'pi qo'rqoq, qolgani suyaksiz azolariga erk bermaslik naqadar ajib ishligini tushunib etgan, ko'z-ko'zga tushib qolishi bor. Buning kasriga jurnalistlarning o'zi qiynalib ketgan. Gapirishni boshlagani esa bir musht eydi.

Denisov Rossiya Premer-Ligasidek oson bo'lmagan chempionatda o'z o'rnini topib olgan yigit. O'zimizning futbolchilar bilan solishtirganda ustun. Ishini eplayotgani uchun ham gapiraversin. Vaqti kelganda ozgina qizartirish uchun mingta sabab topiladi. Men bugun boshqa bir jihatga etibor berishni istardim. Denisovning fikri o'zbekistonlik bir qator jurnalistlar tinchini buzdi. Ular etarli darajada kalaka qilib tashlashdi futbolchini. Denisovga achinish, oldiga tushish yoki unga qarshi turish niyatim yo'q. Muhimi, o'zini jurnalist deb hisoblagan ko'pchilik fikr bildirdi, qoyil.

Va mana shu fikrlarning juda ko'pi Vitaliyning fikrlarini tasdiqlab qo'ydi. Boplab yozgan, o'rnida tushuntirgan kasbdoshlarim bor, biroq oshirib yuborgan yoki sodda qilib aytganda “o'tirib qo'ygan”lari ham etarli. Saviyali jurnalist degani nima? Yoki saviyali bo'lib olishim menga nima beradi? Aytaylik maqolam ikki kishiga yoqsa, uchinchisi albatta shaxsiyatimga tegib izoh qoldiradi. Mana shu uchinchi o'quvchi bilan talashib, tortishib dastlabki ikkitasi kabi fikrlashiga majburlashimdan mani yo'q. Bu erda jurnalist saviyasiz-u, o'quvchi saviyali bo'lib qolishi muhim emas. Muhimi saviyali odamning o'zi hammasini tushunib oladi va iloji boricha jim ketadi.

Maqolada o'tlab ketayotganimni sezayotganim uchun, biroz konkretlashtiraman. Bizning eng katta xatoimiz...


maqolaning qolgan qismini Erudit-Sport saytida o'qish mumkin.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика