Diyor Imomxo'jaev "toshbo'ron", Kapadze va Saudiya Arabistoni haqida gapirdi
16 iyu 04:03
Yangiliklar


Diyor Imomxo'jaev "toshbo'ron", Kapadze va Saudiya Arabistoni haqida gapirdi
Unda O'zbekiston olimpiyachilari Yaponiyani mag'lub qilishdi (2:0). Uchrashuvdan keyin O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaevdan intervyu olishga ulgurdik.
— Yaponiya barcha yosh toifasidagi turnirlarda qitaning asosiy favoriti hisoblanadi. Ularga qarshi shunday o'ynashimizni kutgan endingizmi?
— Ha, o'tgan o'yindan kelib chiqib Yaponiyani mag'lub qilishimizga ishongan edi. CHunki jamoada ruhiyat oshdi. Agar Iroqni osonlik bilan yutsak, kun chiqar yurt vakillariga qarshi bugungi kayfiyatda maydonga chiqa olmas edi. Har yomonning bir yaxshisi bo'ladi. Iroq bilan o'yindagi juda qiyin g'alaba bizning foydamizga ishladi. SHu tufayli bemalol yutishmizga ishongan edim. Yigitlar muxlislar uchun ham, oilasi uchun ham — hamma uchun o'ynashdi. Men shundan xursandman.
Qarang, agar Iroqni osonlik bilan yutsak, oddiy voqelik bo'lib qolardi. Hozir o'sha bahs ham, bugungi g'alaba, muxlislarning stadion tashqarisidagi ajoyib performansi-yu o'z maydonimizda finalga chiqishimiz ham tarixiy voqeaga aylandi.
— Muxlislar faqat bir o'yinga chetlatilganmi?
— Ha, finalda tomoshabinlar stadionga qaytishi mumkin bo'ladi. "Paxtakor" stadionidagi o'sha o'yin 20 yilda keyin ham "toshbo'ron" voqeasi sifatida eslansa kerak. O'zimizning chempionatda ham so'nggi paytlarda shunga o'xshash xodisalar ro'y bera boshlagandi. Bu qanchalik yomonligi OFK timsolida malum bo'ldi.
— Endi final haqida. Saudiya Arabistoni yosh jihatdan bizdan kattaroq. O'sha o'yin haqida taxminlaringiz qanday?
— Faqat g'alaba. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. To'g'ri, saudiyaliklar chempion bo'lishni juda xohlashmoqda. SHuning uchun pley-off bahslaridan boshlab ularga milliy terma jamoaning 2 nafar vakili ham qo'shildi. Ha, ular tajribaliroq.
Ammo Saudiya Arabistonidan ham olinmagan alamlarimiz bor. Milliy va olimpiya terma jamoalarimiz so'nggi bahslarda ularga imkoniyatni boy berishgan edi. SHuning uchun xarakter ko'rsatib, g'alaba qozonishimizga ishonaman. Esingizda bo'lsa, 2008 yilda ham raqib bizdan kuchli edi. Lekin MHSK stadionidagi aura, muxlislar yuzaga keltirgan muhit ularni falaj qilib qo'ygan va 3:0 hisobida zafar quchganmiz. O'sha kuni Timur Kapadze ham saudiyaliklar darvozasiga gol urgan edi.
— Bunaqa g'alabalardan keyin finaldagi ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik ham engil qabul qilinsa kerak...
— Yo'q, mag'lub bo'lmasak kerak. Hozir bolalarimiz bir narsani his qilishlari kerak, ular allaqachon qahramonga aylanishdi. Bu bizga qo'shimcha motivaciya beradi.
— Oxirgi savolim murabbiy haqida bo'ladi. Oldinroq Babayanda ham, Drulovichda ham ko'plab yulduzlar bor edi. Olimpiyachilarimizning bugungi tarkibiga qarasangiz, bir xil darajadagi futbolchilar yig'ilganiga guvoh bo'lasiz. Ular o'zlaridan katta yoshdagi raqiblarga qarshi o'ynashsa ham, o'yin mazmunli chiqyapti. Biz uzoq vaqtdan beri kutayotganimiz kuchli mahalliy mutaxassis etishib chiqyaptimi?
— Men Timur Kapadzeni futbolchilik davrida ham, hozir ham juda hurmat qilganman. CHunki u o'z imzosiga ega shaxs. Umid Ahmadjonov davriga terma jamoani kimga topshirish masalasi muhokama qilingan edi. Men o'shanda butsalarini endigina mixga ilgan Kapadzeni ko'rsatgandim. Unga imkon berilgan va o'sha davrda ham yaxshi taassurot qoldirgan edi. Uning futboli qo'rqoq futbol emas. Kapadze, Berdiev singari mutaxassislar futbolimiz uchun juda kerak. Bu qachondir Srechko Katanec ketsa, bosh jamoamiz taqdiri ishonchli qo'llarda qolishini anglatadi...
Faxriddin suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Prosta sifatli futbol bo'ldi! Muxlisla qaytadi stadionlaga!
Йўқолиб қолиш сабабларини топиб, бартараф қилмагунча ҳеч нарса ўзгармайди.
@MubashshirAhmad
Кувонарли албатта.Лекин одамни кунглини хира киладмган бошка холат хакида гапириб утмокчиман.Зотан,зеро ушбу эътрозга алокадор масъул,галстук такиб,пурим кийинган шахслар керакли хулосалар чикарса.
Хозир модадан колган "космик кемалар космосга учаётган пайт" иборасини ишлатмаган холда,ИНТЕРНЕТ РИВОЖЛАНГАН АСРда яшаётганимизни,карийиб барча хонадонларга интернет кириб борганини,телекоммуникациялар шиддатли ривожланиб кетётганини яна бир бор эслатиб,шу замонга хос,ортда колмай ривожланишга харакат килишса халк учун айни муддао буларди.
Мен айтмокчи булган масала,кеча юкорида тилга олган уйинни кузатаман деб интернет тармогини мен кирмаган спортга алокадор сайтию,ТВ иловаси колмади,ютубнику гапирмайман.Ушбу уйинни куриш интиги кун давомида хаёлимни тарк этмаганини гапирмасам хам булади.10 дан ортик телеиловаларни юклаб учирдим.Этиборлиси,
БИРОРТАСИДА УЗБЕКИСТОН-ЯПОНИЯ уйинини онлайн трансляцияси чикмади.Хатто баъзи УЗБ ТВ иловаларда ФУТБОЛ ТВ каналини узи йук.Ютубдаку,онлайн эфир ибораси борлигини телевиденияга алокадор мутассаддиларни хабарлари хам булмаса керак.
Гапираман деса гап куп,камчиликлар калашиб ётибди.Илтимосим,мутассади ака-укалар дуппини ечиб куйиб,юкорида келтириб утилган камчиликлар устида бош котирсалар айни муддао буларди.
Зеро,чет элларда футболимиз мухлислари-фукороларимиздан ташкари канчадан канча кушни давлатлик мухлисларимиз бор.
Кун саволи.
Финал ўйинига энди, неча минг мухлис киради?
,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,
Qachondir kamida 5 yil Katanetsga tegish kerak emas.Kapadze finalni yutgan taqdirda xam undan avliyo yasab MTJ tiqishtirmanglar.Xozir tajriba to'playversin