So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Diyor Imomxo'jaev: Meni “Zob Ohan” qiziqtirmaydi. Xitoy va Koreyani nima qilamiz? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Meni “Zob Ohan” qiziqtirmaydi. Xitoy va Koreyani nima qilamiz?

O'zbekiston terma jamoasining “Zob Ohan”ga imkoniyatni boy berishi ko'pchilikni jig'ibiyron qildi. Mana shunday paytda ko'ngilni keng qilish kerak, deb hisoblardim.

Birinchidan, bu rasmiy o'yin emas. Ikkinchidan, bunda na legionerlar bor va na Oliy liga termasining optimal tarkibi. Eronga qarshi ikki o'yinda hech narsa qila olmagan murabbiyning fors klubi bilan o'ynashga rozi bo'lishining o'zi kulguli edi. Avstriya safari bir hafta qolganida Turkiya bo'lib qolgani ham alohida mavzu. Va eng asosiysi, “Zob Ohan” mag'lub etilganida ham baribir negativ fikrlar ko'proq bo'lardi, undan ko'ra Eronni o'zini yutmaysanmi, degandek. 

Hozir bu qadar mayda emas masalalar bizga yordam bermaydi. Men Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlardan xavotirdaman. Avgust oyida Samvel Babayan xalqaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishni rejalashtirayotgan bo'lsa-da, bunga qanday erishmoqchiligi rosti qiziqtiryapti.


Evropada, arab mamlakatlarida yangi mavsumning start olishi, O'zbekiston milliy terma jamoasining optimal tarkib bilan o'yin o'tkazishiga katta ehtimol bilan to'sqinlik qiladi. Xuddi shunday muammo Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabilarda ham bor. Futbolchilari asosan o'zida to'p suradigan Xitoy, BAA, Saudiya kabi termalar esa bir ishning epini qilishi mumkin. 

Mana endi savol: kimga qarshi bo'lmasin, asosiy futbolchilar ishtirok etmaydigan uchrashuv bizga qanday yordam berishi mumkin? Eron bilan o'yingacha bizda o'rtoqlik o'yini o'tkazib olish uchun imkoniyat bor edi. Raqib tanlashni bopladik - Tailand. Bor mahoratimni ishga solib ham, taylarni forslar bilan solishtira olmagandim. Keyrush esa o'yin uslubini O'zbekistonnikidan u qadar uzoq bo'lmagan va shu uslubda O'zbekistondan ikki-uch marta yaxshi o'ynaydigan CHernogoriyani tanladi va Podgoricadan zafar quchdi. O'zaro o'yinda Samvel Babayanga umuman imkoniyat qoldirilmadi. 

Biz shunga o'rganib qolyapmiz, Janubiy Koreya bilan o'yinga ketish oldidan Iordaniya bilan o'ynaymiz, Eron bilan o'yinga Tailand bilan tayyorlanamiz. Oldindagi ikki raqib - Xitoy va Janubiy Koreya bir-biriga oz bo'lsa-da o'xshab ketadi. Xo'sh, O'FF Yaponiya, KXDR, nari borsa, Vetnam bilan o'yin tashkil qilib bera oladimi? Masalan, Avstraliya va Saudiya bo'lajak raqiblari hisoblangan Yaponiya ham O'zbekiston variantiga ijobiy javob qaytarishi katta ehtimol. Biroq FIFA kunlari degan masala ham borki, bu bizning asosiy muammo bo'ladi. 

Endi qarang, Vitaliy Denisovda jarohat. Sardor Rashidov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Aziz Haydarov kabi futbolchilarda o'yin amaliyoti bilan bog'liq muammo bo'ladi. Ular hozir tatilda. SHota Arveladze Igor Sergeev bilan Aleksandr Lobanovni zaxiraga o'tkazib qo'ysa, Babayandagi muammolar soni yanada oshadi, to'g'rimi? SHunday vaqtda kimga suyanamiz? Yoshi 40 ga qarab ketayotgan Geynrix yoki Oliy liga futbolchilariga, to'g'rimi? Sizningcha,  “Zob Ohan”ga gol urolmayotgan Oliy liga futbolchilari Xitoy yoki Janubiy Koreyani dumalatib tashlay oladimi? Menimcha qiyin masala.

Turkiya yig'inidan maqsad nima? Uning Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlarga kuchli tasiri bormi? Nega yig'inlar yil boshida rejalashtirilmaydi? Raqiblar nega Turkiyaga ketilgunicha aniq va taxt qilib qo'yilmaydi? Nega o'rtoqlik o'yinlarida sparing raqib bo'lajak raqibga qarab tanlanmaydi? Ko'ryapsizmi, bu erda o'yin uslubi, Babayan taktikasi, futbolchilar holati borasida savollar yo'q. Nazarimda hozirgi jamoa o'sha bosqichga ham etib kelmagan, hozirgi jamoa tashkilotchilikda ham o'rnak bo'ladigan ahvolda emas.


P.S. Men hamma narsaning faqat salbiy tomonini ko'ramanmi? SHu savolga asosan kamchiliklarini olib chiqaman deb javob bergan bo'lardim. Ijobiylari - yutug'imiz. Kamchiliklar esa kulish uchun emas, bartaraf etish uchun, xulosa chiqarish uchun yoziladi. 

Men Babayandan hech narsa umid qilmayman va unga ishonmayman. Biroq O'zbekiston milliy terma jamoasining har bir futbolchisini qo'llab-quvvatlayman. Va aynan ular sabab mundialdan umid qilishda davom etaman.

Diyor Imomxo'jaev

Reyting: +141   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика