So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Diyor Imomxo'jaev: Futbolni rivojlantirishning “o'zbek modeli”? Toje mne... Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Futbolni rivojlantirishning “o'zbek modeli”? Toje mne...

Armiyada har bir askarning kunlik recepti bor.

Bunda osh choyxonaga o'xshab laganga suzilib, ikki-uch ovora qilinmaydi, har bir askarga alohida beriladi. CHunki o'rtada turgan ulush teng bo'linmasligi katta ehtimol. Askar 400 gramm egulik istemol qilishi belgilab qo'yilganmi, demak oshpaz shuni taminlashi shart. Birinchisi tartibli ish, ikkinchisi esa o'zbekchilik.

Bunda askar ham, oshpaz ham ortiqcha masalliqni orqalab ketmaydi. Yoki birinchi haftasida faqat qozon kabob eb, qolganiga makaron sho'rva ham ichmaydi. Bir yillik reja asosida ish ko'radi. Xizmat yakunida esa mehnatiga qarab mukofot oladi. Bu pul, bilim yurtlari, ish o'rinlariga imtiyoz tariqasida bo'ladi.  

Istasangiz askarni futbolchi, armiyani futbol, taomni pul deb o'qisangiz ham bo'laveradi. Bunda mano juda o'zgarib ketmaydi. Farqi shundaki, futbolchi qilgan mehnatiga qarab imtiyoz olishdan ko'ra, klubga kelishi bilan bir nimalik bo'lishni istaydi. Yani, kunlik receptidan ko'ra ko'proq, bir martalik ko'tarma puliga uchadi.

“Bunyodkor”, “Paxtakor” va shunga o'xshash klublar ishni to'g'ri yo'lga qo'yishga harakat qildi. Oddiy misol, “Paxtakor” yangi futbolchilari bilan 2,5 yillik shartnomalarga imzo chekdi. Bunda klub futbolchining maoshini yaxshiroq to'laydi, ko'tarma pulidan esa qochishga harakat qiladi. Normal futbolda shunday.

Men nega bu mavzuda to'xtaldim? Har tanaffusda futbolchilarning ko'chmanchiligi boshlanadi. “Navbahor”ning 7 futbolchisini to'rvasini ko'tarib, Toshkentga tushadi, G'uzordan yana 9 tasida viloyatlarga tarqab ketadi va hokazo. Qish bo'lsa ham mayli edi, mavsumning qoq o'rtasida shuncha o'zgarish, millionlab pul aylantiradigan klubning hech bo'lmaganda yarim yillik ham rejasi yo'q. Bu xuddiki pulni laganga solib ikki-uch ovora qilib tortishga o'xshaydi.

“SHo'rtan”ni qarang, umuman boshqa murabbiy tarkib yig'di, boshqasi kelib bir nima qildi va iyulda yana boshqasi keldi. Rahbariyatda ham shu ahvol. Oqibat nima? Hali Miloslavlevichdan qarz chiqib keladi, hali Kriushenkodan. SHartnoma bandlari bajarilmagani uchun xorijiy futbolchi va murabbiylar FIFAga arz qilib, pulini undirib olar, mahalliy futbolchilar-chi? Ularning qo'lidan hech narsa kelmaydi, arz qiladigan joyining o'zi yo'q. Ularga ham har yili pulni qachon olaman deb qorayib turgandan ko'ra, yaxshiroq oylik-maosh evaziga o'ynayverish yoqardi balki.

Biroq ular qo'rqadi. “SHo'rtan”ga o'xshab rahbariyat almashaversa, u ham o'sha 7 talik, 9 talik ro'yxatga tushib qoladi va hech narsasiz qoladi. Ko'tarmasini shundan ixotalanib ham talab qilib olishga urinadi. Uni bonuslar, yaxshiroq mehnat qiziqtirmaydi, chempion bo'la olmasligini biladi. Asosan tirikchilik haqida o'ylaydi, o'sish haqida, ko'tarilish haqida o'ylash darajasiga etib ham bormaydi. Pulini yil avvalida olib qo'yganidan keyin qaysi futbolchi qolganiga jon kuydirib o'ynasin?



Bunda ko'tarma puli tarqatayotganlar ham, olayotganlar ham yutadi, klub emas. Yil boshida shuncha askar to'plagan armiya, yil so'ngida hech kimsiz qolib ketadi. Yana shunaqa armiya to'plashi uchun, yana shuncha sarf etishi kerak. Pul o'rtada bo'lganidan keyin ahvol shu.

SHomurodovning shartnomasi nega shuncha muhokama qilindi? CHunki biz uning shartnomasi haqida bilardik: “Bunyodkor” Muborak klubidan qanchaga sotib olgani-yu, necha yillik kelishuv borligiga qadar. Bu ish ortidagi o'yinlarni qo'yib turganimizda ham bir narsasi aniq, “Mashal” ham, “Bunyodkor” ham futbolchining ortidan qisman bo'lsa-da pul ishlab qoldi. Xo'sh, “SHo'rtan”ga o'xshash klublar qancha ishlayapti? Yarim yil futbolchiga millionlab chiqim qilyapti va yil yarmiga kelib, ularni tekinga qo'yib yuboryapti.

Evropaga qarang, “Barselona” Neymarni ushlab qolish uchun o'lib-tirilmoqda, Runi “Everton”ga qaytish orzusi uchun shuncha yil sabr qilib, shartnomasi yakunigacha o'ynab beryapti. “Siti” esa oxirini o'ylamay Nasrini olib qo'ygani uchun, o'ziga kerak bo'lmagan futbolchiga qayishishga majbur. O'zi boshqa klub topib bermasa, kelishuvdagi pulni to'lab yurishi shart.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика