So’nggi yangiliklar

12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  1 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  2 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  0 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  7 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  4 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   6 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0

Diyor Imomxo'jaev: "Futbol muxlislarining stadionlarga qaytishi hozirgi holatda mantiqli bo'ladi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Futbol muxlislarining stadionlarga qaytishi hozirgi holatda mantiqli bo'ladi"

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z sahifasida yangi post qoldirdi.

Futbol muxlislarining stadionlarga qaytishi hozirgi holatda mantiqli bo'ladi. CHunki:


- kinoteatrlar va masjidlar faoliyati qayta tiklandi, kafe va restoranlar ishlab turibdi;

- SSV mutaxassislari fikriga ko'ra, virus uyda ko'chadagidan tezroq yuqadi, ochiq havoda esa nisbatan kamroq;

- Iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan futbol klublari chiptalar sotuvidan oz bo'lsa-da pul ishlashni boshlaydi.

Bunda albatta mezbon stadion mamuriyati masuliyatni o'z bo'yniga olishi, chiptalar ruxsat berilgan miqdorda chiqarilishi, muxlislarning stadionga erkin kirib-chiqishi uchun sharoit yaratilishi, ruxsat etilgan sektor o'rindiqlari ijtimoiy masofa talablari darajasidan kelib chiqib tartibga solinishi hamda muxlislarning o'zi ham karantin talablariga rioya qilishi kerak bo'ladi. Umid qilamizki, tez orada stadionlarning malum foizigacha yoki barcha stadionlarga malum miqdorda muxlislar kiritilishiga ruxsat beriladi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика