So’nggi yangiliklar

09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  0 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  2 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  1 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  4 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  3 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  6 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  0 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  0 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  0 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0 07:00АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Ньюкасл" 2:0  0 02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  24 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  5 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  2

Diyor Imomxo'jaev: "Farg'ona viloyati hokimi Yuriy Sarkisyanni "Neftchi"ga maslahatchi sifatida taklif etish taklifini bildirgan" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Farg'ona viloyati hokimi Yuriy Sarkisyanni "Neftchi"ga maslahatchi sifatida taklif etish taklifini bildirgan"

"Neftchi" muxlislar klubi O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev bilan onlayn muloqot tashkil etdi. Qariyb 2 soat davom etgan muloqotda muxlislar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishga muvaffaq bo'ldilar.

Takidlash joiz, O'zPFL rahbari muloqot davomida har bir muxlisning savoliga batafsil javob berishga harakat qildi. Onlayn muloqot jarayonining ayrim etiborga molik qismlari savol-javob ko'rinishida etiboringizga havola etilmoqda.

- Diyorbek, avvalo, qimmatli vaqtingizni ayamasdan muloqotimizga tashrif buyurganingiz minnatdorchilik bildiramiz. 

- Assalomu alaykum, taklif uchun hammaga rahmat. Ozroq ishlar bilan bo'lib, biroz kech qoldim. Albatta, hamma savolga batafsil javob berishga harakat qilaman.

- Diyorbek, shu bir yillik shartnomalarga qachon barham beriladi? Ochig'i, shu sabab "ko'chmanchi" maqomidagi futbolchilar soni ko'payib ketyapti...

- Bir yillik shartnomalar borasida bizda so'nggi yillarda bir qator sezilarli darajadagi ishlar olib borilyapti. Endilikda qaysi klub bo'lishidan qatiy nazar bu yaxshi emasligini tushunib borishyapti. Masalan, AGMK yoki "Paxtakor" klublarining O'zPFL ro'yxatidan o'tkazgan shartnomalari 2-3 yilga mo'ljallangan. Biz bu borada Reglamentga tegishli tartibda o'zgarishlar kiritdik. Masalan, endilikda Superliganing har bir klubi 10 nafardan ortiq yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Yozgi transferlar oynasida bu ro'yxat 2 barobarga qisqaradi, yani klublar 5 nafar yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin. Bu o'zgarishlar aslida futbolchilarning u jamoadan bu jamoaga ko'chib yurishlarini oldini olish maqsadida amalga oshirilgan. Lekin bir narsani tushunish lozim, futbolchilar bilan tuziladigan shartnoma muddatlarini O'FA yoki O'zPFL regulyator sifatida boshqarmasligi kerak. Bunda futbol klublar shartnoma imzolanayotgan futbolchining jamoaga kelajakda ham tegadigan foydasi, sota olishi kabi masalalarni ham hisobga olishi lozim. Biroq ayrim klublar bor, futbolchilarni juda ko'p almashtiradi. Hatto bosh direktorini ham juda ko'p almashtiradigan klublarimiz ham bor. Misol uchun, "Buxoro" klubi o'tgan mavsumda 4 marta bosh direktorni almashtirdi. Biri ketib ikkinchisi kelganida, yangi o'zgarishlarni amalga oshiraversa, bunaqada hech qachon o'sish bo'lmaydi. SHuningdek, futbolchilar bilan shartnoma imzolash vaqtida bosh murabbiy vaziyatni hal etmasligi kerak. Agar bosh murabbiy almashsa ham, klub bilan shartnomasi bor futbolchi jamoaga tegishli bo'lib qolishi kerak. Bosh murabbiy qaerga borsa, uning ortidan ergashib yurishi to'g'ri emas deb o'ylayman.

- Jurnalistik faoliyatingizda ko'tarib chiqqan muammolaringizni qanchasi hozirga kelib hal etildi deb hisoblaysiz?

- Biz bu borada juda ko'plab ishlarni amalga oshirdik. Hozirga kelib o'sha muammolarga deyarli to'liq barham bera oldik deb ayta olaman. Hozir O'zPFLda juda yaxshi jamoa shakllangan. Biz amalga oshirishimiz lozim bo'lgan siyosatimizni, nima qilsak, futbolimiz to'g'ri yo'lga tushishini ko'rib, bilib turgan vaqtdamiz. Hammasi vaqtga bog'liq. Bu ishlarni amalga oshirishimiz uchun kimlar bilandir kurashishimiz kerakligini ham bilamiz. Hozirda bizga shu imkoniyatni taqdim etib bergan mutasaddilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

- Yuriy Sarkisyan bilan Farg'onada xayrlashuv uchrashuvini tashkil etish mumkinmi?

- Biz bu borada Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan gaplashganmiz. U kishining o'zi Yuriy Vazgenovichni "Neftchi"ga maslahatchi sifatida taklif etish taklifini bildirgan. Balki bu masala shu yilgi mavsumda amalga oshib qolsa kerak. Lekin bu klubning o'z ishi, albatta, ularning o'zlari bu ishni amalga oshirishlari kerak.

- Superliga jamoalari sonini 16 taga etkazish bo'yicha fikringiz qanday?

- CHempionat ishtirokchilari sonining ortishi – o'sha mamlakat futbolini rivojlantiradi, deb aytish noto'g'ri. Masalan, hozir 16 ta jamoa qilib, "Turon" va “Andijon"ni ortga qaytarsak, Pro ligada kim qoladi kurashadigan? Unda na Pro-liga, na Superliga rivojlanadi. Biz o'z vaqtida vaziyatdan kelib chiqib, 12 talik Superliga, 12 talik Pro liga taklifini bergandik. Bir xil formatda o'tadigan jami 32 turdan iborat ligalar. 

O'z vaqtida Niderlandiya, Qatar, BAA, Belgiya, Ukraina davlatlarida ham 12 ta jamoadan iborat chempionat tashkil qilingan. Bu o'sha mamlakatlar chempionatlarining qiziqarli bo'lmay qolishiga tasir ko'rsatmagan. Jamoalar soniga emas, jamoalar sifatiga etibor qaratib, keyin o'sha bosqichga chiqishimiz kerak. Biz hozirgi rejamizdan kelib chiqib, balki 2024 yilga kelib 16 talik Superliga tashkil qilarmiz. Agar shunda ham 2 ta yaxshi jamoa paydo bo'lsa. Yaxshi jamoaning shakllanishi juda qiyin jarayon. "Turon" yoki "Andijon" kabi jamoalar har doim ham chiqib kelavermaydi. Bizda hozir shu kabi jamoalarga katta ehtiyoj bor.

- O'z vaqtida "Sokker klub" nomli mualliflik ko'rsatuvingiz orqali kelishilgan o'yinlar masalasini ko'targandingiz. Hozirgi kunda bu muammoga barham berilgan deb hisoblaysizmi?

- Faoliyatimiz mobaynida amalga oshirilayotgan ishlarni arxivga kirib, ko'rib chiqishingiz mumkin. Qancha hakam chetlatildi, qaysi futbolchilarga jazo tayinlandi va hokazo. Men kim qaysi o'yinni kelishyapti, kim restoranda o'tirib, nimalarni hal qilyapti, bu narsalarni bilmayman. Kerak bo'lsa, bunga aqlim ham etmaydi. Bularning hammasini bir kishi tartibga sola olmaydi, buning uchun butun boshli tizim ishlashi kerak. Biz hozir ayni shu tizimni yaratish yo'lidamiz.

- Odil Ahmedovning O'FA vice-prezidenti lavozimiga tayinlanishi haqida fikringiz qanday?

- Odil Ahmedov futbolni ichidan biladigan inson. U bejiz mamlakatimizning nomdor jamoalarida, shuningdek, Xitoy yoki Rossiya chempionatlarida o'ynagani yo'q. Bundan tashqari, bir necha yillar O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori sifatida futbolchilarni maydonga boshlab tushgan. Ahmedov futboldagi faoliyatini shunchaki tugatib qo'ymadi, u bolalar futboliga investiciya kiritishni boshladi. Bilamiz, bolalar futbolida etarlicha muammolarimiz bor. Odil Ahmedovni vice-prezident lavozimiga tayinlanishiga yuqorida sanab o'tilgan omillar sabab bo'ldi deb o'ylayman.

- Diyorbek Abrorovich, so'ngi yillarda Superliga va Pro liga o'yinlari televidenie orqali namoyish etilayotgani muxlislarni xursand etmasdan qolmayapti. SHuningdek, turli onlayn platformalarda ham milliy chempionatlarimiz o'yinlari jonli efirga olib chiqilayotgani muxlislarga qo'shimcha qulaylik yaratadi. Ayting-chi, futbol klublarida ham o'zlari ishtirokidagi o'yinlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jonli efirda namoyish etishlari uchun huquqlari mavjudmi?

- Yo'q, bu erda translyaciya huquqi televidenie va o'sha onlayn platformaning o'zida qoladi. Fikringiz, albatta, to'g'ri, biz qachondir o'sha bosqichga etib kelamiz. Lekin bir narsani hisobga olish kerak, oramizda klubning rasmiy saytini eplab yurgiza olmayotgan klublar bo'lsa, siz qanaqa qilib undan sifatli jonli efir kutasiz? Biz, albatta, traslyaciyalar orqali mablag' topish ustida ishlayapmiz, bosh qotiryapmiz. O'ylaymanki, yaqin orada mana shu bosqichga ham etib kelamiz. O'zPFL 4-fevral sanasida OAV vakillari bilan uchrashuv tashkil etadi, shu joyda ayni masala yuzasidan yanada kengroq malumot berishni rejalashtirganmiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика