So’nggi yangiliklar

12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  0 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  4 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  27 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  6 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  4 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  11 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11

Diyor Imomxo'jaev Andrey Kanchelskisga javob qaytardi Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev Andrey Kanchelskisga javob qaytardi

Kecha "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin PFL tashkilotchiligini keskin tanqid qildi.


«Bu qanday tashkilotchilik? Kimga kerak bunday markazlashgan chempionat? Bu sharmandalikdan boshqa narsa emas» — Andrey Kanchelskis PFLning tashkiliy ishlarini keskin tanqid qildi       

 Bunga PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida bu fikrlarga javob berdi. 


Kanchelskis biz haqimizda fikr bildirdi. Va albatta u ham bizning fikrlarimizni eshitishi adolatdan bo'ladi. “Navbahor” oldida faqatgina ilk tur uchun vijdonimiz qiynaladi. CHunki klub o'shandagi ilk bo'limda g'alabaga, ikkinchi bo'limda esa kamida durang natijaga loyiq edi. Ammo klubning so'nggi uch o'yinini yodga oling, na “Bunyodkor” bilan, na “Qizilqum” bilan va na “Surxon” bilan “Navbahor” o'z darajasida o'ynay oldi. Jamoaning o'yini chiqmadi. Hatto “Qizilqum” bilan o'yindan keyin klub rahbarlaridan biri bizga bunday g'alaba kerak emas, deganini ham eshitdik. Mana shunday pallada Kanchelskis mavzuni o'zidan soqit qilib yuborishi g'alati. U jamoa o'yini uchun javob berishi to'g'riroq.

Karantin vaqtida butun O'zbekistonda futbol to'xtaganida ham “Navbahor” mashg'ulotlarni davom ettirdi. Yani, rahbariyat unga barcha sharoitni yaratib berdi. Ammo qolgan klublar tanaffusga chiqib ham Kanchelskis jamoasi bilan deyarli bir formada qaytib kelishadi. Murabbiy shu haqda ham o'ylasa to'g'riroq bo'ladi.

Rossiyalik mutaxassis yaqindagina “Navbahor” stadioni maysasiga javobgar kishini tanqid qilib, darvozabon suvda cho'milgani haqida aytdi. Ammo o'sha nuqtada raqib jamoa darvozaboni ham harakat qildi. Xuddi kecha “Surxon” ham “Navbahor” bilan bir xil sharoitda to'p surgani kabi.

“Surxon”ga qarshi o'yin uchun “Navbahor” poezd va samolyot yo'q bir vaqtda Termizga 12 soat yo'l bosib borishi va bundan issiqroq sharoitda to'p surishi kerak edi. Sir emaski, Termizdagi stadionda ham projektor yaxshi emas. Markazlashgan format esa qiyinchilikdan Kanchelskisni qutqardi.

Bizda chilla chiqib bo'lgan. SHunday vaqtda ayol futbolchilar yillar davomida to'p surib kelishdi va nolishmadi. Mana shunday vaqtda murabbiy ham erkak bo'lib, jamoasi o'yini nega o'xshamayotgani haqida gapirishi kerak. Aytaylik, Haydarov “Surxon”ni qabul qilib olganiga ko'p bo'lmadi, ammo jamoa o'yinini o'zgartira oldi. Kanchelskis uchun yana qancha vaqt kerak degan savol muxlislar tomonidan berilishi to'g'riroq.

TTYMI maysasi ancha yaxshi. Bu erda milliy terma mashg'ulotlar o'tadi, yaqin-yaqingacha “Jar” va TTYMI stadionlarida Superliga uchrashuvlari o'tkazilgan. U-19 Osiyo chempionati uchun AGMK, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” stadionlarini oz bo'lsa-da asrash uchun, biz mana shu ikki stadiondan ham foydalanishga majbur bo'lmoqdamiz. Bu stadionlarni men juda yomon demagan bo'lardim.

Markazlashgan chempionat masalasida biz barcha murabbiylarni yig'dik, Navoiy, Qarshidan murabbiylar kelishdi, fikr almashdik. Ammo Kanchelsksis unda ishtirok etmadi. Yaqinda esa FIFA kunlari masalasida yig'ilish bo'ldi, Toshkentda bo'la turib murabbiy unda ham ishtirok etmadi. CHempionat haqida qayg'uradigan mutaxassislar o'sha kuni O'zPFL bilan birga bo'ldi. Umuman qorasini ko'rsatmayotgan murabbiy biz bilan nimani kelishgani haqida aytayotganini tushunmadim.

Biz o'zimizdan o'tayotganlarini tan olamiz, kamchiliklarimiz ko'p, mavjud vaziyatni o'zgartirish uchun tinim bilmayapmiz. “Navbahor”ning inobatga olinmagan golini o'rganishni so'rab, O'FAga murojaat bilan ham chiqamiz. Namangan futboliga befarq bo'lmagan muxlislar bundan yaxshirog'iga albatta munosib. Ishonamizki, futbolchilar tez orada o'z o'yinlarini topib olishadi. “Navbahor” infratuzilma jihatidan xalqaro maydonda o'ynashga tayyor bo'lib ulgurdi. Balki bu yil klub ikki musobaqadan birida muvaffaqiyat qozonar ham, bundan O'zPFL xursand bo'ladi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev. 

Reyting: -43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика