Diskvalifikaciya muddati qisqargan Pol Pogbaning "Yuventus"dagi kelajagi aniq bo'ldi
09 okt 2024 22:19
Yangiliklar
Diskvalifikaciya muddati qisqargan Pol Pogbaning "Yuventus"dagi kelajagi aniq bo'ldi
Futbolchi Turin klubini tark etadi.
"Yuventus" klubi bosh direktori Mauricio Skanavino klub Pol Pogba bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazayotganini malum qildi.
"Pol Pogba bilan muzokara o'tkazayotganimizni tasdiqlashim mumkin. Qaror ham malum, shunchaki shartlarni aniq qilib olsak bo'ldi. Pol Pogba "Yuventus"ni tark etadi va erkin agentga aylanadi", -deydi Mauricio Skanavino.
Malumot uchun, yaqindagina Xalqaro Sport arbitraj sudi (CAS) 4 yilga futboldan chetlatilgan Pol Pogbaning appelyaciyasini qisman qanoatlantirib, chetlatish muddatini 18 oy qilib belgilagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar