"Dinamo"ning Toshkentdagi yig'ini tugadi
26 iyu 2017 13:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/266622_original.jpg)
![](/upload/storage/266622_220.jpg)
"Dinamo"ning Toshkentdagi yig'ini tugadi
Birinchi liga vakili "NBU-Osiyo" bilan kechgan o'yinda "Dinamo" futbolchilari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. SHu kuni jamoa tarkibida ukrainalik 20 yoshli hujumkor yarim himoyachi Artyom Makarchenko murabbiylar ko'rigida bo'ldi.
O'yindagi uchta gol ham 11 metrlik nuqtadan kiritildi. Dinamoning gollariga Iskandar Xolmirzaev va Abdumalik Abdullaev mualliflik qilgan bo'lsa, Bankchilar golini Orifxo'ja Abduxoliqov kiritdi.
Nazorat uchrashuvi. Toshkent.
25 iyul (seshanba)
Dinamo - NBU-Osiyo - 2:1
Gollar: Iskandar Xolmirzaev, 59 pen., Abdumalik Abdullaev, 68 pen. - Orifxo'ja Abduxoliqov, 57 pen.
Dinamo (1-bo'lim): Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, SHohruh Xolmatov, Adnan Oraxovac, Aleksey Nikolaev, Jasur Azimov, Artyom Makarchenko, Jasur Qurbonov, Komil SHarofutdinov, Doniyor Ismoilov, Sardor Sulaymonov.
Dinamo (2-bo'lim): Temur Jo'raev, Hakimxon Alamxonov, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov, Timur Fayzullaev, Iskandar Xolmirzaev, Orif Mamajonov (Abbos Abdukarimov), Muhammad Rajabov, Artyom Makarchenko, Amirjon Safarov, Abdumalik Abdullaev.
Dinamoning Toshkentda o'tkazgan o'rtoqlik o'yinlari (20-25 iyul).
20 iyul. Dinamo – Navbahor - 0:0
21 iyul. Dinamo – Lokomotiv-BFK - 2:1
22 iyul. Dinamo – Qizilqum - 2:0
25 iyul. Dinamo – NBU-Osiyo - 2:1
Eslatib o'tamiz, Dinamo O'zbekiston Kubogi 1/2 final doirasidagi dastlabki uchrashuvni 31 iyul kuni Bunyodkor - Neftchi juftligi g'olibiga qarshi o'tkazadi.
Dinamo klubi matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar