So’nggi yangiliklar

11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  0 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  2 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  0 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  2 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  7 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  9 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  5

"Dinamo"ning dadil odimi davom etadi Yangiliklar

"Dinamo"ning dadil odimi davom etadi

Deyarli bir oylik tanaffusdan so'ng Dinamo jamoasi muxlislari qarshisida Birinchi Liga 26-turi doirasida Zomin jamoasini qabul qilib, yirik hisobda g'alabaga erishdi.

Jamoaning so'nggi turlardagi o'yinlari qoldirilganligi sabab turnir jadvalidagi raqobatchi jamoalar peshqadam bilan oradagi farqni qisqartirishga erishgandilar. SHu bois Dinamo oldida raqibni mag'lub etishdan boshqa maqsad yo'q edi.

Uchrashuvni hujumkor boshlagan maydon egalari tezkor qanotlar orqali raqib jamoa darvozasi oldida xavf tug'dira boshlashdi. Natijada o'yinning 12-daqiqasida o'ng qanotdagi tezkor va faol o'yinlari bilan ajralib turgan Jonibek Ko'chimov chap qanotdan uzatilgan to'pni jarima maydonida qabul qilib olib, kuchli zarbasi bilan himoyachi va darvozabonni dog'da qoldirdi, 1:0.

Ushbu goldan so'ng maydon egalarida yana bir qator vaziyatlar bo'lsada, tanaffusda jamoalar kichik hisob bilan chiqib ketishdi. Ungacha esa qanot hakami Aleksey Nikolaevning bosh bilan kiritgan golini ofsayd deya inobatga olmadi.

Ikkinchi bo'limni ham hujumkor boshlagan Samarqand jamoasi vakillari, bo'limning 30-soniyasidayoq hisobdagi farqni ikkitaga oshirishdi. Qanotdan etkazib berilgan to'p hujumchilardan o'tib yarimhimoyachi Saidjamol Davlatjonov kelib tushdi, u esa ajoyib aylanma zarbasi bilan raqib darvozasining uzoq burchagini aniq nishonga ola bildi, 2:0.

Ushbu goldan keyin mezbonlar hisobni yanada yirik ko'rinishga olib kelishlari mumkin edi, ammo Viktor Klishin, Amirjon Safarovlarga vaziyatlarni golga aylantirishda omad etishmagan bo'lsa, Doston Ibragimovning goli o'yindan tashqari holat deya inobatga olinmadi.

Nihoyat, o'yin yakunlanishiga yaqin qolganda hisob yirik ko'rinish oldi. Doston Ibragimov jarima maydoniga yorib kirib, to'pni tajribali hujumchi Alisher Xoliqovga uzatdi. Mohir forvard esa sovuqqonlik bilan raqib darvozasiga o'yindagi uchinchi golni kiritib, muxlislar quvonchiga sabab bo'ldi, 3:0.

CHempionatdagi 20-o'yinda 18-g'alabani o'z hisobiga yozib qo'ygan Dinamo 55 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamlab, maqsadi sari dadil odimlashda davom etmoqda.

Birinchi Liga. 26-tur.

15 sentyabr (payshanba)

Dinamo (Samarqand) – Zomin (Zomin) – 3:0

Samarqand, 1752 tomoshabin.

Hakamlar: R. Abduvohidov (Qarshi) – 8,0, A. Burov (Buxoro) – 8,3, SH. Rahmatov (Buxoro) – 8,3, A. Ahtamov - 9

Nazoratchi: SH. Bozorov (Namangan).

Gollar: Jonibek Ko'chimov (12), Saidjamol Davlatjonov (46), Alisher Xoliqov (81).

Dinamo: Mixail Naumov, Ubaydullo Nabiev, Aleksey Nikolaev, Mirkomil Lokaev, Firdavs Abdusalimov, Iskandar Xolmirzaev (Komil SHarofutdinov, 38), Omadjon Tayloqov (Laziz Nuriddinov, 80), Saidjamol Davlatjonov, Jonibek Ko'chimov (Doston Ibragimov, 70), Amirjon Safarov (Alisher Xoliqov, 60), Viktor Klishin (Islom SHaripov, 75).

Zomin: SHerzodbek Abduraimov, SHuhrat Sadirdinov, Usmonbek Mansurov, Eldor Karimov, Umrilla Ramazonov, SHukurullo Joniqulov, Durbek Kamolov, Feruz Mahmudov, Dostonbek Toshmatov, Sultonbek Nurunov, Folibjon Sariboev.

Ogohlantirishlar: S. Nurunov (27), F. Sariboev (Zomin, 50).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика