"Dinamo"ga qoyil: o'z maydonida ketma-ket 7ta o'yinda yutqazmadi
28 iyu 2019 22:59
Yangiliklar
"Dinamo"ga qoyil: o'z maydonida ketma-ket 7ta o'yinda yutqazmadi
Aslida bu uchrashuv Toshkentda bo'lib o'tishi lozim edi, ammo "Milliy" stadion chimi hali to'liq tayyor bo'lmagani bois o'yin Samarqandga ko'chirildi. Uchrashuvda "Bunyodkor" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu "Bunyodkor"ning joriy mavsum hisobidan safardagi to'rtinchi g'alabasi bo'ldi.
SHu o'rinda "Dinamo"ga ham qoyil qolish kerak, jamoa bungacha uyda ettita o'yin o'tkazib birortasida mag'lub bo'lmadi. "Dinamo" oxirgi marta Samarqandda 2017 yil "Lokomotiv"ga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
O'tgan mavsum jamoa Pro ligada to'p tepganini yaxshi bilasiz. "Dinamo"ning bu yil Superligada o'ynashi chempionat boshlanishiga juda kam vaqt qolganida malum bo'ldi. Vaqt tig'iz edi, lekin Davron Fayziev qisqa fursat ichida yaxshi jamoani tuza oldi.
"Dinamo" bungacha o'z maydonida "Nasaf", "Metallurg", "So'g'diyona", "Navbahor", AGMK, "Qizilqum" va "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib borib, to'rtta g'alaba va uch durang qayd etgandi. Lekin 8-bellashuvga kelib jamoa yutqazib qo'ydi.
Fikrlar