So’nggi yangiliklar

15:10"Ювентус" футболчиси "Фиорентина"га ўтди  0 14:47"Интер" "Боруссия" футболчисини нишонга олди  0 14:23"Барселона" Пучни сотишни режалаштирмаяпти  2 13:51"Бавария" Паварни сотишга тайёр  1 13:27"Наполи" ва "Эвертон" "Зенит" ўйинчиси учун даъвогарлик қилмоқда  0 13:03"Рома" туркиялик футболчининг трансферини эълон қилди  2 12:40Пулишич ушбу ёзда "Челси"дан кетмоқчи эмас  1 12:17Манба: Эриксен "Манчестер Юнайтед" билан шартнома имзолади  6 11:53"Лидс" "Манчестер Сити" футболчиси билан шартнома имзолади  1 11:30Де Лигт "Бавария" сабаб "Ювентус"дан кетмоқчи  1 11:25Olamsport: Қозоғистондаги боксчиларимиздан 16 та медаль, яна бир ўзбек спортчиси One FC билан шартнома тузди  0 11:07"Фламенго" ушбу ҳафтада Видалнинг ўтиши ҳақида эълон қилади  0 10:44Матич "Рома"га Моуринью сабаб ўтганини тан олди  0 10:20"Милан" Зиешни "Челси"дан ижарага олиши мумкин  0 10:00ПСЖ бугун янги бош мураббийни таништиради  0

"Dinamo"dan antirekord, "Qizilqum"dan 21 yillik seriya... Yangiliklar

"Dinamo"dan antirekord, "Qizilqum"dan 21 yillik seriya...

Superliganing 12-turidan keyin paydo bo'lgan qiziqarli malumotlar bilan tanishtiramiz.

"Lokomotiv" 0:1 "So'g'diyona"

Mazkur bahsdan keyin "Lokomotiv" mag'lubiyatlar soni (8), "So'g'diyona" gol urish bo'yicha chempionat etakchisiga aylanib oldi (19). SHohruz Norxonov ham "snayperlar" poygasidagi peshqadamligini mustahkamladi.

"Dinamo" 1:3 "Surxon"

"Surxon" 3 yillik tanaffusdan keyin Superligada 3 ta gol urdi. "Dinamo" esa tarixdagi eng yomon startini takrorladi. 2004 yilgi mavsumda ham samarqandliklar 11 o'yinda 6 ochko to'plashgan edi.

"Bunyodkor" 1:1 "Qo'qon-1912"

CHempionatimizning himoyasi eng zaif (hammadan ko'proq gol o'tkazgan) jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvda faqat himoyachilar gol urishdi. "Qaldirg'ochlar"ning g'alabasiz o'yinlar seriyasi 7 taga etdi.

"Navbahor" 0:0 "Metallurg"

Bu o'yindan keyin "Navbahor" uyda eng yaxshi natija qayd etayotgan (12 ochko) jamoaga aylanib oldi. "Metallurg" esa safarda umuman yutolmayapti.

"Olimpik" 1:0 AGMK

Sardor Rahmonov AGMK futbolchisiga aylanganidan beri 2-bor maydondan chetlatildi. 27 yoshli himoyachiga ikkala qizil kartochkani ham Firdavs Norsafarov ko'rsatgan.

"Neftchi" 1:1 "Nasaf"

Yaypandagi o'yinda 2 bor penalti belgilagan Rustam Lutfullin bu borada barcha hamkasblaridan o'tib ketdi. U joriy mavsum 7 o'yin 9 marta 11 metrli nuqtaga ishora qilgan. 

"Qizilqum" 0:2 "Paxtakor"

"Qizilqum" "Paxtakor" ustidan oxirgi marta g'alaba qozonganida (2001 yil) kecha "sherlar" tarkibida maydonga chiqqan Diyor Xolmatov, Abbosbek Fayzullaev va Rustam Turdimurodov hali tug'ilmagan edi.

Obuna bo'ling → "Futbol ANALIZI"

Muallif : Faxriddin Ro'ziyev
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика