So’nggi yangiliklar

02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  17 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  8 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2

“Dinamo”da nima gap? Yangiliklar

“Dinamo”da nima gap?

O'tgan mavsum omadsizlikka duch kelgan “Dinamo” bu yil endi birinchi ligada o'ynaydi.

Malum bo'lishicha, o'tgan yili Bahrom Hakimov boshchiligida jamoa quyi ligaga tushib ketgach, rahbariyat bu yil ham ushbu mutaxassisning o'zi faoliyatini davom ettirgan xolda, yana kuchlilar safiga qaytarishi lozimligini bildirgan ekan. 

Jamoa mavsumga tayyorgarlikni 17 yanvardan Samarqandda boshlagandi. O'z qarorgohida asosan mahalliy futbolchilar bilan yig'in o'tkazgan “Dinamo” 10 kundan so'ng kichik tatilga chiqdi. Ammo tatil hali uzoq davom etadigan ko'rinadi. Aytishlaricha jamoada moliyaviy muammolar ko'ndalang turibdi. Nomini sir saqlash sharti bilan aytgan insonning gaplariga ko'ra, jamoaning yig'in o'tkazishga bugungi kunda imkoniyati yo'q ekan. Bosh murabbiy Bahrom Hakimov tahminan 10 kuncha Samarqandda bo'lgan va klub rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etishini kutgan. Ammo bu amalga oshmadi va bosh murabbiy uyiga qaytib ketgan. Vaholanki samarqandlik ashaddiy muxlislar bu yil sevimli jamoasini yana elitaga qaytishini kutmoqda. SHu bois ko'pchilik bu yil “Dinamo”ni oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogarlardan biri deya tahmin qilmoqda.

Biroq tayyorgarlik hozircha to'xtab turibdi. Bunday paytda kurashchan jamoa tuzib, yana oliy ligaga qaytish biroz mushkul. Yana kim biladi deysiz. Extimol huddi o'tgan yili yozda tarkib yig'gandek, bu yil ham chempionat starti arafasida jamoa shakllantirilar. Buni vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика