"Dinamo": Yoshlarimiz ikkinchi o'ringa chiqib olishdi
28 mar 2014 18:34
Yangiliklar

"Dinamo": Yoshlarimiz ikkinchi o'ringa chiqib olishdi
Yoshlar ligasi 3-turi doirasida bugun Zominda So'g'diyona mehmoni bo'lgan Dinamo jamoasi safardan muhim g'alaba bilan qaytdi.
Joriy mavsum oldidan tarkib yosh samarqandlik futbolchilar bilan to'ldirgach, klub hozircha mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayapti. Dastlab, Qarshidan ochko bilan qaytgan yoshlarimiz so'ng Metallurgni mag'lub etishgandi. Bugun esa Kamo Gazarov shogirdlari Jizzaxning So'g'diyona o'rinbosarlarini 1:2 hisobida mag'lub etishdi. Dastlab Muhammadjon Rajabov 43-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 69-daqiqada Furqat Hasanboev vaziyatni tenglashtirdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarigacha hujumkorlikni to'xtatmagan ko'hna shaharliklar nihoyat niyatlariga etishishdi. 89-daqiqada yana o'sha yosh hujumchi Muhammadjon Rajabov Samarqand jamoasini oldinga olib chiqdi, 1:2.
O'yinga qo'shib berilgan 90+5-daqiqada bosh hakam Dinamo darvozasi tomon penalti belgiladi. Jizzaxlik futbolchi tomonidan yo'llangan zarbani jamoamiz darvozaboni qaytarishga erishdi va Dinamoning g'alabasini taminladi. Bu g'alaba jamoamizning Yoshlar ligasi turnir jadvalida 2-o'ringa chiqib olishlariga zamin yaratdi.
Yoshlar ligasi. 3-tur, 28 mart.
So'g'diyona - Dinamo - 1:2
Gollar: F.Hasanboev 69 – M.Rajabov 43 pen., 89.

Fikrlar