"Dinamo": Yangi futbol qoidalari bo'yicha seminar o'tkazildi
01 avg 2016 11:46
Yangiliklar
"Dinamo": Yangi futbol qoidalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Dinamo futbol klubi qarorgohida Oliy Liga nazoratchisi Elbek Musaev FIFAning yangi o'yin qoidalari bo'yicha seminar o'tkazdi.
Klub qarorgohida tashkil etilgan ushbu seminarda Dinamo jamoasi murabbiylari, futbolchilar ishtirok etib, PFL inspektori Elbek Musaev yangi qoidalar bilan ularni tanishtirib o'tdi. O'zbekiston futbolida kelasi mavsumdan kuchga kiradigan ushbu qoidalarga futbolchilarni tayyorlab borish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarda, to'pni qo'l bilan o'ynash, so'nggi umid qoida buzilishi, o'yindan tashqari holatni aniqlash, simulyaciya va boshqa o'zgarishlar xususida futbolchilarga malumotlar berildi. PFL nazoratchisi turli holatlar yuzasidan futbolchilarning fikrini tinglab, vaziyatlarni tushuntirib o'tdi. Klub azolari bu boradagi savollariga atroflicha javoblar olishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar