"Dinamo" Toshkentda uchta o'yin o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2018, 11:02
Ayni damda Chimyon tog' tizmalarida uchinchi davra o'yinlariga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan “Dinamo” jamoasining nazorat bahslardagi raqiblari ma'lum bo'ldi.

Chimyonda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgan “Dinamo” 20 iyul kuni tog'dagi mashqlarni yakunlaydi. Ikki kunlik tatildan keyin tibbiy ko'rik o'tkazilgach, jamoa yana Toshkentda yig'iladi va nazorat bahslariga kirishadi.

Davron Fayziev shogirdlari 27 iyul kuni Toshkentdagi dastlabki nazorat bahsida G'uzorning “Sho'rtan” jamoasiga qarshi maydonga tushishsa, 29 iyulda “Lokomotiv-BFK”, 31 iyulda esa “Nurafshon” klubiga qarshi saf tortishadi. Ushbu o'yinlar bilan “Dinamo” 5 avgust kuni start oladigan Pro-Liga uchinchi davrasiga tayyorgarlik ko'radi.

“Dinamo” jamoasining Toshkentdagi nazorat o'yinlari:

27 iyul (juma)

Dinamo - Sho'rtan

29 iyul (yakshanba)
Dinamo - Lokomotiv-BFK

31 iyul (seshanba)
Dinamo - Nurafshon.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz