"Dinamo" SHokir Yo'ldoshevni "Nasaf"dan ijaraga oldi
28 iyu 2021 20:32
Yangiliklar
"Dinamo" SHokir Yo'ldoshevni "Nasaf"dan ijaraga oldi
Dukent tog'li hududida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgan "Dinamo" jamoasi safiga «Nasaf» yarimhimoyachisi SHokir Yo'ldoshev kelib qo'shildi. 25 yoshli yarimhimoyachi mavsumning qolgan qismini ijara asosida "Dinamo"da o'tkazadi.
Avvalroq, klub Ro'zimboy Ahmedovning ham transferini elon qilgan edi. Tajribali hujumchi bilan ham mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolangan.
SHuningdek, klub Mixaylo Udod va Jamshid Hasanov bilan shartnomani bekor qilgan bo'lsa, Dilshod Hamroev va Faxriddin Alimov jamoa ro'yxatdan chiqarilgan.
Malumot uchun, 24 iyuldan 1 avgust kuniga qadar tayyorgarlik ko'rilib, avgust oyining birinchi kunida Dukentdan Samarqandga qaytiladi.
Eslatib o'tamiz, "Dinamo" jamoasi Pro liga 14-turi doirasida 5 avgust, payshanba kuni G'uzorda "SHo'rtan" jamoasi mehmoniga aylanadi.
Fikrlar