So’nggi yangiliklar

07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  1 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  2 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   10 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  17 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  15 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1

"Dinamo" Qozog'iston klubini mag'lub etdi Yangiliklar

"Dinamo" Qozog'iston klubini mag'lub etdi

Teglar :  DinamoKaspiy
Yangi mavsum oldidan Toshkentdagi yig'in doirasidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini Qozog'istonning Kaspiy klubiga qarshi o'tkazgan Dinamo jamoasi Samarqandga g'alaba bilan qaytdi.

O'tgan mavsumda Qozog'iston Premer-Ligasiga chiqish uchun kurashgan Aktau shahrining Kaspiy klubi Qozog'iston Birinchi Ligasining etakchi klublaridan biri sanaladi. Toshkentdagi yig'in doirasida ushbu jamoalar o'zaro o'yinda maydonga tushishdi va qiziqarli kechgan bahsda "Dinamo" 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Dinamo safida ko'rikdan o'tayotgan 21 yoshli moldovalik himoyachi Radu Rogak tomonidan kiritilgan gol yakunda jamoaga Qozog'iston klubi ustidan g'alaba keltirdi, 1:0.

SHu kuni jamoa safida ko'rikda bo'lgan yangi futbolchilar Farrux SHotursunov va Damir Nizanovlar maydonga tushishdi.

Bir hafta davomida Toshkentda mavsum oldi ikkinchi yig'inni o'tkazgan Dinamo jamoasi ushbu bahsdan so'ng Samarqandga qaytdi.



Nazorat uchrashuvi. Toshkent

24 fevral (juma)

DINAMO - KASPIY (Qozog'iston) – 1:0

Gol:
Radu Rogak, 22.

Dinamo: Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Bunyod Isroilov, Radu Rogak, Ilhom Komilov, Komil SHarofutdinov, Omadjon Tayloqov, Iskandar Xolmirzaev, Damir Nizanov, Sardor Sulaymonov, Abdumalik Abdullaev.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Rustam Toshturdiev, Hakimxon Alamxonov, Amirjon Safarov, Asomiddin Mamatov, Temur Fayzullaev, Farrux SHotursunov.

Oliy Liganing 1-turi doirasida 3 mart kuni Bekobodda Metallurg mehmoni bo'ladigan Dinamochilar o'yinga tayyorgarlikni Samarqanddagi qarorgohda olib borishadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика