"Dinamo" qachon gol uradi?
17 avg 2014 09:46
Yangiliklar
"Dinamo" qachon gol uradi?
Samarqandning "Dinamo" klubi ikkinchi davrani ancha yomon boshlaganidan xabaringiz bor.
Kamo Gazarov boshchiligidagi jamoa ikkinchi davraning uchta o'yinining barchasida mag'lub bo'ldi. Bundan tashqari samarqandliklar mana shu uchta bahsda raqiblari darvozasiga bironta ham gol ura olishmadi.
"Nasaf" (0:5) va "So'g'diyona"ga (0:1) qarshi o'z maydonida, "Metallurg" (0:3) bilan safardagi o'yinlarda "arsonlar" safida gol ura oladigan futbolchi topilmadi.
"Dinamo" oxirgi marta birinchi davraning so'nggi turida "Navbahor"ga qarshi o'yinda gol urgandi (2:0). O'sha uchrashuvning 80-daqiqasida G'ulom O'runov tomonidan kiritilgan to'p hozirga qadar jamoa uchun so'nggisi bo'lib turibdi.
Demak, 280 daqiqadan buyon "Dinamo" gol ura olmayapti.
Keyingi turda jamoa Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi.

championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar