“Dinamo” “Paxtakor”ning ikki futbolchisi uchun 1 milliard so'm to'lagan ekan
08 jan 2020 18:21
Yangiliklar


“Dinamo” “Paxtakor”ning ikki futbolchisi uchun 1 milliard so'm to'lagan ekan
Samarqandning “Dinamo” jamoasi 2019 yilgi Superliga o'yinlari boshlanishi arafasida “Paxtakor”ning ikki futbolchisi Botirali Ergashev va SHoxruh Abdurahmonovni ijaraga olgan edi.
Mavsumning ikkinchi qismida esa klub mazkur o'yinchilarning transferini to'liq sotib olgandi. Ergashevning "Sport TV"ga bergan intervyusiga ko'ra, samarqandliklar uchun umumiy transfer narxi 1 milliard so'mga tushgan.
Yani “sherlar”ning ikki azosi uchun 500 million so'mdan to'lagan.
Eslatib o'tamiz, darvozabon Botirali Ergashev o'tgan mavsumda Superligada 22ta o'yinda maydonga tushdi.
SHoxruh Abdurahmonov esa 20ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
12:20
Iskandar Shoyqulov: "Ko'p ochko yo'qotdik. Umid qilamanki, tez orada hammasi joyiga tushadi" 3

Fikrlar