So’nggi yangiliklar

11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  8 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  16 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  35 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  96 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  18 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  11 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  3 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  4

Dinamo - Navbahor prevyu Yangiliklar

Dinamo - Navbahor prevyu

Teglar :  NavbahorDinamo
Ertaga Navbahor Samarqanddagi Dinamo o'yingohida mamlakat chempionatining 4-turida Dinamo mehmoni bo'ladi.

“Dinamo”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni Toshkent shahrida o'tkazgan jamoamiz azolari bugun kunning ikkinchi yarmida Samarqandga etib kelishdi. Kunning ikkinchi yarmida Murabbiy va futbolchilarimiz O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi. Kechki payt soat 17.00da esa “Dinamo” o'yingohida o'yindan oldingi so'nggi mashg'ulot o'tkazildi.

Raqiblar oliy ligada 44 bor to'qnash kelishgan. 23 uchrashuvda jamoamiz g'alabani qo'lga kiritgan. Samarqandliklar hisobidagi g'alabalar soni esa 13 tani tashkil etmoqda. Sakkizta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich esa 80:41, "Navbaxor" foydasiga. O'zaro uchrashuvlarda gol urish borasida "Navbahor"da to'p surgan SHuhrat Mirxoldirshoevning etakchilik qilayotganligini aytish mumkin. Mirxoldirshoev 2000 yildan 2009 yilga qadar samarqandliklar darvozasini 8 bor ishg'ol qilgan. "Lochinlar"ning ushbu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 1997 yili qayd etilgan. 20 yil avval "Navbahor" o'z maydonida "Dinamo"ni 7:1 hisobida tor-mor etgan. Etiborlisi, "Dinamo" shu paytga qadar biror marotaba ham "lochinlar"ni yirik hisobda taslim eta olmagan. "Navbahorchilar" so'nggi bor Samarqanddan 2011 yili g'alaba bilan qaytishgan. Olti yil avval Ro'zim Ahmedovning yagona goli jamoamizga safarda uch ochkoni taqdim etgan. Leonid Koshelev, Ivan Nagaev hamda Ro'zim Ahmedovlar har ikki klub sharafini turli davrlarda himoya qilib, har ikki jamoa darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lishgan. Bundan tashqari Azamat Bobojonov va Sanat SHixovlar ham har ikki jamoada to'p surishga ulgurishgan.

O'tgan mavsumni birinchi ligada o'tkazib yana oliy ligaga qaytgan “Dinamo” jamoasi dastlabki uchta uchrashuvda yuz foizli natija qayd etgan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Mezbonlar navbatdagi turda ham zafarli yurishlarini davom ettirishga urinib ko'rishadi. Jamoamiz esa uchta o'yinda to'rt ochko jamg'argan. Joriy yilgi tarkibimiz mahoratli futbolchilardan tashkil topganligi sababli Samarqandda futbolchilarimiz ijobiy natija qayd etish uchun harakat qilishadi. Yuqoridagi jihatlar “Dinamo” o'yingohidagi bahsni keskin va murosasiz o'tishiga zamin yaratadi desak xato bo'lmaydi.

Samarqanddagi “Dinamo” o'yingohida soat 16.00da boshlanadigan “Dinamo” va “Navbahor” uchrashuvini toshkentlik Vladislav Ceytlin boshqarib boradi. Ceytlinga qanotlara qarshilik Artyom Kalinin va buxoroliklik Bobur Qodirovlar yordam berishadi. Qarshilik Firdavs Norsafarov esa zaxiradagi hakam vazifasini bajaradi. Nazoratchi sifatida navoiylik SHamil Jumaev qayd etilgan bo'lsa Samarqandga PFL vakili sifatida Bobur Haydarov tashrif buyuradi.

Samarqandda o'tkazilgan barcha uchrashuvlar natijalari
1992 yil
Maroqand - Navbahor - 1:1 (1:1).
Gollar:
S.Kuzmin (10) – R.Zabirov (06).

1993 yil
Dinamo - Navbahor - 0:2 (0:2).
Gollar:
E.Sakaev (33), Q.Abduqodirov (41).

1995 yil
Dinamo - Navbahor - 0:2 (0:2).
Gollar:
E.Eraliev (17), F.Magametov (26).

1996 yil
Dinamo - Navbahor - 2:3 (0:1).
Gollar:
N.Susskiy (55), H.Jabborov (70) - I.SHaripov (18-pen.,75-pen.,76).

1997 yil
Afrosiyob - Navbahor - 2:1 (0:1).
Gollar:
M.Dilmuhamedov (73-avtogol), O.Tillaev (76) – A.Vinnikov (34-pen.).

1999 yil
Samarqand - Navbahor - 2:1 (0:0).
Gollar:
J.Irismetov (52), S.Loshkov (76) – SH.Rahmonqulov (56).

2000 yil
Samarqand-D -  Navbahor - 2:0 (2:0).
Gollar:
M.Muhammadiev (18), O.Usmonxo'jaev (37).

2001 yil
Samarqand-D -  Navbahor - 3:2 (1:1).
Gollar:
SH.Jabborov (44), R.Bozorov (47), A.Jadigerov (83) – U.Mirxoldirshoev (41), SH.Mirxoldirshoev (56).

2002 yil
Samarqand-D - Navbahor - 0:5 (0:4).
Gollar:
S.Tursunov (23), R.G'ofurov (26), X.Karimov (33-pen.), SH.Mirxoldirshoev (39), M.Usmonov (47).

2003 yil
Samarqand-D - Navbahor - 1:3 (0:2).
Gollar:
YO.Nazarov (68-pen.) - SH.Mirxoldirshoev (5,83), S.Andreev (40).

2004 yil
Samarqand-D - Navbahor - 0:3 (0:0).
Gollar:
J.Hasanov (57), R.G'ofurov (64), SH.Mirxoldirshoev (84).

2005 yil
Samarqand-D - Navbahor - 1:0 (0:0).
Gol:
A.G'ofurov (88).

2006 yil
Samarqand-D - Navbahor - 2:0 (0:0).
Gollar:
A.Ismoilov (47), B.Nasimov (62).

2007 yil
Samarqand-D - Navbahor - 3:2 (1:2).
Gollar:
Akmal Risqullaev (35-avtogol), F.Tojiev (57-pen.), I.Rahimov (82) - A.CHerkashin (19), K.Kanin (32).

2008 yil
Dinamo - Navbahor - 2:0 (1:0).
Gollar:
L.Koshelev (43), B.Nasimov (47).

2009 yil
Dinamo - Navbahor - 2:0 (0:0).
Gollar:
I.Yunusov (60), O.Mozgovoy (90).

2010 yil
Dinamo - Navbahor -1:0 (0:0).
Gol:
A.Krikliviy (54).

2011 yil
Dinamo - Navbahor  - 0:1 (0:0).
Gol:
R.Ahmedov (56).

2012 yil
Dinamo – Navbahor - 2:0 (2:0).
Gollar:
I. Nagaev (12, pen.), S. Mustafaev (45+1).

 2013 yil
Dinamo - Navbahor - 1:1 (0:0)
Gollar:
S.Sayfiev (78) - G'.Jo'raev (58).

 2014 yil
Dinamo – Navbahor - 2:0 (1:0).
Gollar:
S.SHixov (35), G'.O'runov (79).

 2015 yil
Dinamo – Navbahor - 2:1 (1:0).
Gollar:
I.Mamatkazin (24), K.Murzoev (79) – SH.Erkinov (75).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика