So’nggi yangiliklar

13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  0 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  6 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  10 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  14 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  26 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  9 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  21 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  10 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  12 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  6

"Dinamo" "Nasaf" rasmiysining so'zlari bo'yicha bayonot berdi Yangiliklar

"Dinamo" "Nasaf" rasmiysining so'zlari bo'yicha bayonot berdi

"Dinamo" futbol klubi Qarshining "Nasaf" jamoasi matbuot xizmati xodimi, klub rasmiysi Sarvar Bobonazarovning ijtimoiy tarmoqlar orqali raqib jamoa va butun viloyat shaniga bildirgan haqoratli fikrlari bo'yicha "Nasaf"dan rasmiy tushuntirish so'radi.

"Xususan, Superliga 15-turi doirasidagi "Dinamo" va "Nasaf" (2:2) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin Qarshi klubi matbuot xizmati vakili Sarvar O'ktamzoda (Bobonazarov) X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Samarqanddagi o'yinda VAR texnikasi Jizzaxdan etib kelmagani sababli mezbon klub sifatida Samarqand jamoasini haqoratlagan. Ayniqsa, uning samarqandliklarni tahqirlovchi haqorati turli ijtimoiy tarmoqlar, guruhlarda keskin muhokamaga sabab bo'lmoqda. 

"Nasaf" matbuot xizmati vakili, Qarshidagi "Markaziy" stadioni suxandoni sanalmish Sarvar O'ktamzoda (Bobonazarov) tomonidan muxlislar o'rtasida adovatni qo'zg'ovchi, keskinlikka sabab bo'layotgan bildirilgan fikrlar bo'yicha "Dinamo" "Nasaf" klubidan rasmiy tushuntirish so'raydi. Klub bu borada qatiy chora ko'rishni talab qiladi. 

Shuningdek, "Nasaf" matbuot xizmati vakili Sarvar O'ktamzoda bo'yicha tegishli idoralarga murojaat qilish bo'yicha ish olib borilayotganini malum qiladi. Bunday xatti-harakatlar klublar o'rtasidagi munosabat sovuqlashishi, muxlislar o'rtasidagi yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini unutmaslik shart", – deyiladi xabarda.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика