Dinamo muxlislari Olmaliqqa boradi
05 may 2017 15:50
Yangiliklar
Dinamo muxlislari Olmaliqqa boradi
Joriy mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazayotgan jamoamizning ijobiy natijalarida muxlislarning ham hissasi beqiyos. Ishqibozlar Dinamoni qizg'in qo'llab-quvvatlashda davom etishadi.
9-tur doirasida Dinamo 6 may kuni safarda Olmaliq jamoasi mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinga borishni rejalashtirgan jamoa muxlislari, shanba kuni soat 10:00 da Dinamo stadioni oldida to'planib, 11:00 da Olmaliqqa jo'nab ketishlari ko'zlanmoqda. Jonajon jamoamiz Dinamoni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan muxlislarni ham ushbu bahsga borishga chorlab qolamiz.
Batafsil malumot uchun, muxlislar faoli SHavkat Burhonovga (+998 97 920 24 40) murojaat etishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, Olmaliq - Dinamo uchrashuvi 6 may, shanba kuni soat 18:30 da OTMK stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar