So’nggi yangiliklar

08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  4 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  6 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  5 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  13 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3

"Dinamo" ertaga 4 soat ichida ikkita o'yin o'tkazadi Yangiliklar

"Dinamo" ertaga 4 soat ichida ikkita o'yin o'tkazadi

Teglar :  DinamoXo'jandMashal
Keyingi paytlarda O'zbekiston va Tojikiston Respublikalari o'rtasidagi do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki davlat o'rtasida iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida keng ko'lamdagi ishlar olib borilmoqda.

Ikki davlat prezidentlarining Dushanbedagi uchrashuvlarida belgilangan bir qator qaror va kelishuvlarning amaliy davomi sifatida Samarqand va Tojikistonning So'g'd viloyati hokimiyatlarining hamkorlik va o'zaro kelishuvlariga muvofiq, Samarqandda ikki viloyat o'rtasida biznes-forum, sanoat mahsulotlari ko'rgazmasi, madaniy dastur va futbol jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.

Xususan, 20 aprel, juma kuni Samarqanddagi “Dinamo” stadionida xalqaro o'rtoqlik o'yini tashkil etiladi. Ayni damda stadionda keng ko'lamdagi obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, yangi zamonaviy raqamli tablo o'rnatildi, yoritgichlar, o'rindiqlar yangilanmoqda.

Dasturga ko'ra, stadionda soat 17:00 dan boshlab koncert dasturi boshlanadi, el suygan xonanda va estrada qo'shiqchilari muxlislarni qo'shiqlari bilan xursand etishadi.

Soat 18:00 da esa Samarqandning “Dinamo” hamda Xo'jand shahrining “Xo'jand” klublari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi boshlanadi.

Ushbu o'yin yakuniga etganidan so'ng, soat 20:00da Samarqandda yangi futbol mavsumining rasmiy ochilish marosimi o'tkazilib, “Dinamo” jamoasi Pro-Liga 3-turi doirasidagi muxlislari qarshisidagi dastlabki rasmiy uchrashuvni Muborakning “Mashal” klubiga qarshi o'tkazadi.

SHu kuni barcha futbol muxlislarini “Dinamo” stadionimizga chorlab qolamiz. Koncert dasturi, “Dinamo” – “Xo'jand” xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi, “Dinamo” – “Mashal” chempionat doirasidagi o'yinlariga stadionga kirish barcha uchun bepul qilib belgilangan.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi.

20 aprel (juma)
«DINAMO» – «XO'JAND» (Tojikiston, So'g'd viloyati)
Stadion: 
Camarqand, “Dinamo” stadioni.
Koncert dasturi boshlanishi: 17:00
O'yin boshlanish vaqti: 18:00
 
Pro-Liga. 3-tur.
20 aprel (juma)
«DINAMO» - «MASH'AL»
Stadion
: Camarqand, “Dinamo” stadioni.
O'yin boshlanish vaqti: 20:00

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика